Megapolislardagi hayot sog‘liqqa qanday ta'sir ko‘rsatadi?

Light 15:13 / 25.05.2019 4050

Katta shahardagi hayot juda zararli deb bir ovozdan ma'qullash mushkul. Biroq fakt faktligicha qoladi: hozirda tobora ko‘proq odamlar shovqinli, gazlarga to‘la megapolislardan qishloqqa ko‘chib o‘tishni afzal ko‘rishmoqda. Shahardagi ekologiya sog‘liqqa qanday ta'sir ko‘rsatishiga oydinlik kiritishga harakat qilamiz.

Iflos havo

Foto: Pixabay

2015 yildayoq olimlar ifloslangan havo tufayli har yili 3 millionga yaqin odam vafot etishini aytishgan. Agar vaziyatga ta'sir ko‘rsatilmasa, 2050 yilga kelib bu ko‘rsatkich yiliga 6 million kishiga yetadi. Ifloslangan havo sababli yuzaga keladigan kasalliklar orasida quruq ko‘z sindromi, qandli diabet va o‘pka kasalliklari rivojlanishi ehtimolini aytib o‘tish mumkin.

Deraza ortidagi shovqin va yorug‘lik

Deraza ortidagi shovqin va yorug‘lik g‘azab va asabiylikni uyg‘otadi. Eng avvalo ushbu ikki omil uyquning sifati va davomiyligiga ta'sir qiladi.  Qancha kam uxlasak, endokrin va metabolik kasalliklar yuzaga kelishi ehtimoli ortadi. Biroq bu hali hammasi emas. Jahon  sog‘liqni saqlash tashkilotining ma'lumotlariga ko‘ra, 85 dB dan ortiq shovqin aqliy buzilishlar va eshitishning yomonlashuviga olib kelishi mumkin ekan. Masalan, London metrosining ayrim joylarida shovqin 105 dB gacha boradi.

Zo‘riqish

Foto: Pixabay

Tadqiqotlar katta shaharlar aholisi uchun xavotirli buzilishlar ehtimoli 21 foizga ortiq ekanini aytishadi. Bundan tashqari, shizofreniya rivojlanishi ehtimoli 2 martaga ortadi. Bu shahar aholisining qishloq aholisiga qaraganda katta darajadagi zo‘riqishga egaligi bilan bog‘liq. Masalan, ayrim tadqiqot natijalariga ko‘ra, vaqt o‘tishi bilan shaharliklarning zo‘riqishga moyilligi ortadi, shu tariqa surunkali zo‘riqish paydo bo‘ladi. Umuman olganda, bari u qadar yomon emas. Hatto kamdan-kam amalga oshiriladigan sayrlar, sport bilan shug‘ullanish ham shaharliklar holatini ancha yaxshilaydi.

Metro

Metro — tez va qulay transport turi. Biroq katta shaharlarda u zararli jihatlarga ega. Masalan, Vashington universiteti olimlarining fikriga ko‘ra, har kuni uzoq masofani bosib ishga boradigan kishilar yurak, onkologiya va qandli diabet kasalliklariga moyil bo‘lishadi. Umuman olganda, bu yerosti transportining yagona salbiy jihati emas. Vagon va eskalatorlarda qanchalik ko‘p mikroblar bilan aloqa qilishimizni tasavvur etish mushkul. Biroq xavotirlanishga shoshilmang. Yer ostida bo‘lish vaqtida shilliq qavatlarga tegmaslikning o‘zi yetarli. Undan keyin esa qo‘llarni dezinfeksiya qilish kifoya.

Siz ham katta shaharda yashaysizmi? Yoki shahar chekkasida?

Ko‘proq yangiliklar: