Veridos O‘zbekistonda ID-kartalar ishlab chiqarish bo‘yicha korxona quradi

O‘zbekiston 12:54 / 24.05.2019 4893

Vazirlar Mahkamasining “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish hisobidan aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qayd etilishicha:

a) O‘zbekiston Respublikasi prezidentining “Idoraviy axborot tizimlarini jadal integratsiyalashtirish va innovatsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018 yil 18 apreldagi PQ-3673-son qarorida:

soliq to‘lovchilarni hisobini kengaytirish va soliq tushumlarini nazorat qilishni takomillashtirish hisobidan budjetlar daromadlarini ko‘paytirish imkonini beradigan onlayn-nazorat-kassa mashinalarining tizimini;

telekommunikatsiya xizmatlari uchun budjet mablag‘larini tejash, telefonda so‘zlashish xavfsizligini va nazoratini ta'minlash imkonini beradigan hukumat mobil aloqa tizimini;

haydovchilik guvohnomasidan tashqari, mavjud pasportlar, tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnomalar va shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatlar o‘rniga (respublika ichida), har bir fuqaroning yagona identifikatsiya raqami va uning shaxsiy ma'lumotlaridan iborat va davlat xizmatlaridan foydalanishda shaxsni tasdiqlash uchun ishlatiladigan identifikatsiya kartalari (lD-kartalar) tizimini;

transport vositalarining amaldagi raqamlarini xalqaro namunadagi raqamlarga almashtirishni va transport vositalari egalarining identifikatsiya kartalariga (ID-kartalariga) tegishli axborotni mustahkamlagan holda ularning qog‘oz hujjatlarini bekor qilishni nazarda tutuvchi transport vositalarini hisobga oluvchi tizimni joriy etish nazarda tutilgan;

b) “Yagona umumrespublika protsessing markazi” MChJ QK va Veridos  GmbH kompaniyasi o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi hududida mikroprotsessorli, kontaksiz va boshqa plastik kartalar ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi loyihani amalga oshirish to‘g‘risida kelishuvga erishilgan:

boshlang‘ich ustav fondi 2 mln yevro miqdorida bo‘lgan qo‘shma korxonani tashkil etish;

2019-2020 yillarda Toshkent shahrida investorning o‘z resurslari va jalb qilingan mablag‘lar hisobidan yiliga 75 mln dona mikroprotsessorli, kontaksiz va boshqa plastik kartalar ishlab chiqarish quvvatiga ega zamonaviy zavod qurish;

2022 yildan boshlab ishlab chiqarish to‘liq loyiha quvvati bilan ishga tushirilgach, kamida 100 ta ish o‘rinlari yaratish;

dunyoning yetakchi ishlab chiqaruvchilarining yuqori texnologik uskunalarini xarid qilish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni, shu jumladan investorning o‘z mablag‘lari, shuningdek, Germaniyaning birinchi darajali bankining kredit liniyasi hisobidan jalb qilish;

eksportni tayyor mahsulot ishlab chiqarish umumiy hajmining 20 foizgacha bosqichma-bosqich yetkazish;

O‘zbekiston Respublikasida karta mahsulotlari ishlab chiqarilgunga qadar uning kerakli hajmini yetkazib berish;

boshqa ishlab chiqaruvchilarining chip-modullari va boshqa sarf materiallaridan foydalangan holda manfaatdor vazirliklar va idoralar, xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarining, shu jumladan to‘lov tizimlari operatorlarining buyurtmasi bo‘yicha karta mahsulotlarini ishlab chiqarish imkonini taqdim etish.

Yangi tashkil etilayotgan qo‘shma korxona 2021 yil 1 iyulgacha bo‘lgan muddatga:

barcha turdagi soliqlar va majburiy to‘lovlarni, yagona ijtimoiy to‘lov bundan mustasno;

belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha karta mahsulotlarini, shuningdek, karta mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan ishlab chiqarish uskunalari, xomashyo, sarf va butlovchi materiallar, ehtiyot qismlar, grafik va elektron personallashtirish qurilmalari, dasturiy ta'minot va litssnziyalarni olib kirishda bojxona to‘lovlarini (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar bundan mustasno) to‘lashdan ozod etildi.

Ko‘proq yangiliklar: