Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sudyalar endi sudgacha majlis o‘tkazish huquqiga ega bo‘ldi

Foto: Depositphotos
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi. Hujjat matni Xalq so‘zi online nashrida e'lon qilindi.
Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2019 yil 26 aprelda qabul qilingan, Senat tomonidan 2019 yil 3 mayda ma'qullangan.
O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 24 yanvarda qabul qilingan O‘RQ–461-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi:
162-moddaning (Ishni sud muhokamasiga tayyorlash to‘g‘risidagi ajrim) ikkinchi qismi (Ishni sud muhokamasiga tayyorlash bo‘yicha harakatlar da'vo arizasini ish yuritishga qabul qilish va ish qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi ajrimda bayon etilishi mumkin) quyidagi tahrirda bayon etildi:
«Ishni sud muhokamasiga tayyorlash bo‘yicha harakatlar da'vo arizasini ish yuritishga qabul qilish va ish qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi ajrimda bayon etilishi mumkin, bundan ishni sud muhokamasiga tayyorlash chog‘ida sudgacha majlis o‘tkazish hollari mustasno»;
163-modda (Sudyaning ishni sud muhokamasiga tayyorlash bo‘yicha harakatlari) quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirildi:
«Ishni sud muhokamasiga tayyorlash chog‘ida sudya fuqarolik huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar bo‘yicha, bundan soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko‘riladigan ishlar mustasno, da'vo arizasi ish yuritishga qabul qilingan va ish qo‘zg‘atilgan kundan e'tiboran o‘n kun ichida ushbu Kodeksda belgilangan tartibda sudgacha majlis o‘tkazishi mumkin»;
quyidagi mazmundagi 163-1-modda bilan to‘ldirildi:
«163-1-modda. Sudgacha majlis
Sudgacha majlis o‘tkazish chog‘ida sudya:
1) da'vogarni o‘zi arz qilgan talablarning mohiyati bo‘yicha so‘roq qiladi, undan javobgar bildirishi mumkin bo‘lgan e'tirozlarni aniqlaydi va, agar bu zarur bo‘lsa, da'vogarga qo‘shimcha dalillar taqdim etishni taklif qiladi, shuningdek arz qilingan talablaridan voz kechish huquqini hamda voz kechishning huquqiy oqibatlarini tushuntiradi;
2) ishning holatlari bo‘yicha javobgarni so‘roq qiladi, da'vogarning talablariga qarshi uning qanday e'tirozlari borligini va bu e'tirozlar qanday dalillar bilan tasdiqlanishi mumkinligini aniqlaydi, shuningdek javobgarga da'vogarning talablarini tan olish yoxud qarshi talablar qo‘zg‘atish huquqini tushuntiradi, javobgarga ish yuzasidan yozma tushuntirishlar taqdim etishni taklif qiladi. Javobgarning yozma tushuntirishlarni va dalillarni taqdim etmaganligi, shuningdek sud majlisiga kelmaganligi ishni ishdagi mavjud dalillar bo‘yicha ko‘rish uchun to‘sqinlik qilmaydi;
3) taraflardan kelishuv bitimini tuzish ehtimolini yoki nizoni hal qilishning muqobil usullari ehtimolini aniqlaydi va ularning huquqiy oqibatlarini tushuntiradi;
4) ishning murakkabligini hisobga olgan holda sud muhokamasining prognoz qilinayotgan, shu jumladan nizoni hal qilish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan iltimosnomalar va hujjatlarni sudga topshirish, guvohlar mavjud bo‘lganda ularning ro‘yxatlarini almashish muddatlarini nazarda tutuvchi jadvalini aniqlaydi;
5) sud majlisida hozir bo‘lgan taraflar va boshqa manfaatdor shaxslardan ular o‘rtasida ushbu ishning sudga taalluqliligi masalasi bo‘yicha kelishuv, ushbu Kodeksning 163-moddasida nazarda tutilgan boshqa harakatlarni amalga oshirish zaruriyati mavjudligini aniqlaydi.
Sudgacha majlisning vaqti va joyi to‘g‘risida taraflar va boshqa manfaatdor shaxslar xabardor qilinganlik faktini qayd etishni ta'minlaydigan sud chaqiruv qog‘ozlari, buyurtma xatlar, telefonogrammalar, telegrammalar va boshqa aloqa vositalari orqali xabardor qilinadi.
Sudgacha majlis o‘tkazilganligi to‘g‘risida bayonnoma tuzilib, unda quyidagilar ko‘rsatiladi: sudgacha majlis o‘tkazilgan yil, oy, sana va joy; ishni yuritayotgan sudning nomi; sudyaning va majlis kotibining (sudya yordamchisining yoki katta yordamchisining) familiyasi hamda ismi-sharifining bosh harflari; taraflar, boshqa manfaatdor shaxslar haqidagi va ularga protsessual huquq va majburiyatlari tushuntirilganligi to‘g‘risidagi ma'lumotlar; taraflar tomonidan berilgan tushuntirishlar.
Taraflar kelmagan taqdirda, sudya ushbu Kodeks 163-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida ko‘rsatilgan harakatlarni amalga oshiradi. Bunday holda sudgacha majlis bayonnomasi tuzilmaydi.
Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda, sudgacha majlisda ish yuritish to‘xtatib turilishi yoki tugatilishi, da'vo arizasi ko‘rmasdan qoldirilishi mumkin».
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ikkinchi mutaxassislikka qabul boshlandi
O‘zbekiston | 23:51 / 10.07.2025
-
Toshkentda suv quvuri kuchli bosim ostida yorilib ketdi, o‘zbekistonliklar tomonidan Shengen vizasi uchun topshirilgan arizalar soni oshdi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:48 / 10.07.2025
-
Zelenskiy Ukrainaning AQShdagi elchisini almashtirmoqchi ekanini tasdiqladi
Jahon | 23:42 / 10.07.2025
-
Rossiyalik fermerlar hosilni yig‘ish uchun migrantlar yetishmayotganidan shikoyat qildi
Jahon | 23:17 / 10.07.2025
Mavzuga oid

16:44 / 08.07.2025
Yo‘llarni loyihalashtirishda aholi fikrini inobatga olish mexanizmi o‘rnatiladi

20:26 / 02.07.2025
Jinoyat ishlari bo‘yicha Yangiariq tuman sudi tergov sudyasi tezkor tadbirda ushlandi

10:13 / 02.07.2025
“Va’da qilgan tovon pulini bermay yurishibdi” - Farg‘onadagi portlashda to‘rt jigarini yo‘qotgan aya

23:00 / 28.06.2025