Prokuraturaga tergovga qadar tekshiruvni muvofiqlashtirish huquqi berildi 

O‘zbekiston 11:16 / 24.05.2019 12510

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquqlari himoya qilinishini ta'minlash bilan bog‘liq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi.

Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2019 yil 18 fevralda qabul qilingan, Senat tomonidan 2019 yil 28 fevralda ma'qullangan.

O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan «Prokuratura to‘g‘risida»gi 746–XII-sonli Qonuniga quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritildi:

4-moddaning (Prokuratura organlari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari) beshinchi xatboshisi (tezkor-qidiruv faoliyatni, surishtiruvni, dastlabki tergovni amalga oshiradigan organlar tomonidan qonunlarning ijro etilishi ustidan nazorat qilish hamda ularning jinoyatchilikka qarshi kurash borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish) «tezkor-qidiruv faoliyatni» degan so‘zlardan keyin «tergovga qadar tekshiruvni» degan so‘zlar bilan to‘ldirildi;

8-moddaning (Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurash sohasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish) birinchi qismi (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga bo‘ysunuvchi prokurorlar jinoyatchilikka qarshi kurash samaradorligini ta'minlash maqsadida tezkor-qidiruv faoliyatni, surishtiruv va dastlabki tergovni amalga oshiradigan tegishli organlarning faoliyatini muvofiqlashtiradi) «tezkor-qidiruv faoliyatni» degan so‘zlardan keyin «tergovga qadar tekshiruvni» degan so‘zlar bilan to‘ldirildi.

Ko‘proq yangiliklar: