Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyaning Roland Berger kompaniyasi O‘zbekistonda yo‘llar qurish strategiyasini ishlab chiqadi

Foto: autonews.autoua.net
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan yo‘l qurilishini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qayd etilishicha:
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda yetakchi xorijiy konsalting kompaniyalar va agentliklarning amaliy tajribasini o‘rganish asosida xorijiy konsultantni jalb qilish masalasi ishlab chiqilib, Rivojlantirish strategiyasini moliyalashtirish manbalari belgilangan;
2019 yil 14 yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi va Germaniyaning Roland Berger kompaniyasi o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaralar yakunlari asosida Rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolanib, uning asosida Rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish bo‘yicha konsalting kompaniyasining xizmatlari qiymati 2,6 mln yevroni tashkil etishi ma'lumot uchun qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi va Tashqi ishlar vazirligining texnik topshiriqlar taqdim etilgan kundan boshlab, ishlab chiqilishi 120 kundan ko‘p bo‘lmagan muddatni tashkil qiladigan Rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish bo‘yicha konsalting xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risida Germaniyaning Roland Berger kompaniyasi bilan shartnoma tuzish haqidagi takliflariga rozilik berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi hamda Qurilish vazirligi bilan kelishilgan Rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish bo‘yicha texnik topshiriqni tasdiqlaydi.
Belgilab qo‘yilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi Rivojlantirish strategiyasining ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi uchun mas'ul ijro etuvchi agentlik hamda organ hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kreml Trampning yangi bayonotlarini tahlil qilish uchun vaqt kerakligini qayd etdi
Jahon | 15:27
-
Migrantlarga Rossiyaga kirishda tibbiy ma’lumotnoma taqdim etish majburiyati yuklanishi mumkin
Jahon | 15:24
-
Saudiya Arabistoni 170 km uzunlikdagi osmono‘par shahar loyihasini qayta ko‘rib chiqmoqda
Jahon | 15:19
-
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18
Mavzuga oid

15:00 / 06.09.2023
Samarqandda xalqaro konferensiya munosabati bilan ayrim yo‘llar harakat uchun yopiladi

17:17 / 24.08.2023
Yo‘llarni 822 mlrd so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlari sifatsiz bajarilgan - Senat

09:22 / 25.07.2023
Yaponiya O‘zbekistonda yo‘l harakati xavfsizligi sohasida yangi loyihani amalga oshirishi mumkin

13:58 / 20.07.2023