Apple korporatsiyasi 226 mlrd dollar daromad oldi va Forbes jurnali tomonidan tuziladigan, dunyoning eng qimmat brendlari har yilgi reyting natijalariga ko‘ra 1-o‘rinni egalladi. To‘liq ro‘yxat jurnal saytida e'lon qilingan.
2- va 3-o‘rinlarni 136 mlrd va 110 mlrd dollar daromad bilan Google va Microsoft egallagan. Shuningdek, yetakchi o‘nlikka Amazon, Facebook, Coca-cola, Samsung, Disney, Toyota va McDonald’s kompaniyalari kirgan.
Dunyo brendlari yetakchi yuztaligining umumiy qiymati o‘tgan yilga nisbatan 8 foizga oshgan va 2,33 trillion dollarni tashkil qildi. Eng tez o‘sishni axborot texnologiyalari sohasi bilan bog‘liq brendlar ko‘rsatgan. Misol uchun, Amazon kompaniyasining narxi 37 foizga o‘sib, 97 mlrd dollarni tashkil etgan.
Keskin o‘sishni Netflix, Google va Adobe‘da ham ko‘rish mumkin – mos ravishda 34, 27 va 27 foizlik o‘sish.
Yetakchi yuztalikka AQShning 56 ta brendi kirgan. Bu borada 2-o‘rinni Germaniya 11 ta brend bilan, 3-o‘rinni Fransiya 7 ta kompaniya va 4-o‘rinni Yaponiya 6 ta kompaniya bilan egallagan.