XOQ boksning Olimpiada dasturida qolishini talab qilmoqda

Sport 00:39 / 23.05.2019 8975

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining ijroiya qo‘mitasi boksning 2020 yil Tokioda o‘tadigan Olimpiya o‘yinlari dasturida saqlanib qolishini talab qilmoqda.

Gap shundaki, Xalqaro havaskorlik boksi assotsiatsiyasi (AIBA) Tokiodagi o‘yinlarda boks bo‘yicha musobaqani tashkillashtirmaydi.

Qo‘mita saytida XOQ Xalqaro gimnastika federatsiyasi rahbari Morinari Vatanabe boshchiligida maxsus komissiyani tuzgani aytilgan.

Bu komissiya iyun oxirigacha Olimpiya o‘yinlariga bokschilarni saralash tizimini ishlab chiqishi, Olimpiya saralash musobaqalarini va Tokio Olimpiadasida boks bo‘yicha musobaqani o‘tkazishi kerak bo‘ladi.

XOQ ijroiya qo‘mitasi Olimpiadada ishtirok etuvchi bokschilarning umumiy kvotasi avvalgidek 286 kishini tashkil qilishini tasdiqlagan.

Ushbu masala bo‘yicha yakuniy qaror qo‘mitaning Lozannada 24-26 iyun kunlari o‘tadigan sessiyasida qabul qilinadi.

Ko‘proq yangiliklar: