Xiamen Airlines Boeing’dan tovon puli talab qildi

Jahon 11:04 / 23.05.2019 4396

Xitoyning Xiamen Airlines aviakompaniyasi Boeing’dan 737 MAX samolyotlari bekor turgani uchun yetkazilgan zararni qoplab berishni talab qildi. Bu haqda Xitoy Markaziy televideniyesi xabar tarqatdi.

Avvalroq shunga o‘xshash talablar Xitoyning uchta yirik aviakompaniyasi - Air China, China Eastern va China Southern tomonidan ilgari surilgandi. Xitoy Tashqi ishlar vazirligi vakili Lu Kanning ma'lum qilishicha, rasmiylar kompaniyalar niyatini yaxshi tushunib turibdi.

Xabar qilinishicha, 11 martdan beri Xiamen Airlines Boeing 737 MAX o‘nlab samolyotlari parvozini rasmiy ravishda to‘xtatdi. Samolyotlar Syamen hamda Fuchjou aeroportlarida joylashgan. Ushbu hududlarda havo tarkibidagi tuz miqdori yuqori bo‘lgani va tayfunlar mavsumi yaqinlashib kelayotgani sababli, samolyotlarning uzoq muddat bekor turishi xavfsizlikka salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Shuning uchun aviakompaniya samolyotlarni sovuq va quruq ob-havoga ega bo‘lgan shimoli-g‘arbiy hududlarga ko‘chirishni mo‘ljallamoqda.

Mart oyida Ethiopian Airlines aviakompaniyasining bortida 157 kishi bo‘lgan Boeing 737 MAX 8 samolyoti Debre-Zeyt shahri yaqinida halokatga uchradi. 2018 yilning noyabrida Indoneziyaning Lion Air’iga tegishli xuddi shunday samolyot qulab tushdi.

Ko‘proq yangiliklar: