Ispaniya sohillarida Janubiy Amerikadan yirik miqdorda kokain olib kelayotgan kema ushlandi

Jahon 18:01 / 23.05.2019 4231

Ispaniya sohillari yaqinida bortida yirik miqdordagi kokain bo‘lgan kema ushlandi, deb xabar berdi mamlakat fuqarolik gvardiyasi.

Yelkanli kema Malaga sohillarida aniqlangan.

Janubiy Amerikadan kelayotgan kema omborxonasidan 600 kilogrammga yaqin kokain topilgan. Litvalik va ispaniyalik ikki shaxs qo‘lga olingan.

Bu ushbu haftada Ispaniyada yuz bergan ikkinchi holatdir. 21 may kuni Kanar orollari yaqinida bortida 1,5 tonna kokain bo‘lgan baliqchilik kemasi ushlangandi.

Ko‘proq yangiliklar: