Toshkent [2019 yil 23 may] Huawei kompaniyasi Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bilan hamkorlikda har yillik «Seeds for the Future» loyihasining ishtirokchilarini taqdirlash marosimini o‘tkazdi. Ushbu loyiha doirasida o‘zbekistonlik talabalar Xitoyga amaliy stajirovkaga yo‘l oladilar. Besh yildan buyon Huawei O‘zbekistonda ushbu loyihani amalga oshirib kelmoqda, har yili TATU talabalari Huawei kompaniyasining bosh qarorgohida o‘tkaziladigan treninglarda qatnashmoqdalar.
TATU bilan hamkorlikda Huawei “Seeds for the Future” loyihasi uchun 2019 yilning 31 mayidan 15 iyuniga qadar Xitoyda stajirovka o‘taydigan 10 ta yaxshi talabani aniqladi. Stajirovka davomida talabalarga Huawei kompaniyasining innovatsion texnologiyalari namoyish qilinadi va 5G tarmog‘ini o‘rganish, IoT yechimlar, bulutli texnologiyalar, big data (katta hajmdagi ma'lumotlar) bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.
«Joriy yilda O‘zbekistondagi Huawei kompaniyasi beshinchi “Seeds for the Future” loyihasini ishga tushirdi. Besh yil davomida Xitoyda o‘tkaziladigan nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni o‘z ichiga oluvchi ikki haftalik o‘qishga yuborish maqsadida 50 nafar talaba tanlab olingan. Joriy yildagi dastur ishtirokchilari Shenchjen shahrida telekommunikatsiya tarmoqlarining ishini va 5G, sun'iy intellekt, Big Data, buyumlar interneti kabi texnologiyalarning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganadilar, shu bilan birga, Pekinda talabalar uchun Xitoy tili va mamlakat madaniyati bo‘yicha mashg‘ulotlar tashkil qilinadi. “O‘tgan besh yilga qarab, talabalarning stajirovkasi behuda ketmagan deb ayta olamiz, hozirgi kunda dasturning bir nechta ishtirokchilari Huawei kompaniyasida muvaffaqiyatli mehnatini davom ettirmoqdalar, 2018 yilgi “Seeds for the Future” talabalar guruhi esa bizning kompaniyamizda diplom oldi amaliyoti o‘tab bo‘lishdi”, - deb ta'kidladi Davron Azizov, O‘zbekistondagi Huawei kompaniyasining korporativ kommunikatsiyalar bo‘yicha boshlig‘i.
“Seeds for the Future” – sayyoramizdagi 350 ta yetakchi OTMlarni o‘z ichiga olgan global ta'lim dasturi. Dasturga 2008 yilda asos solingan bo‘lib, o‘tgan davr mobaynida jahonning 125 ta davlati va mintaqalaridan 40 000 nafar inson unda qatnashgan, 4725 nafar ishtirokchiga esa Xitoyda stajirovka o‘tish imkoniyati taqdim etilgan. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti O‘zbekistondagi Huawei kompaniyasining uzoq yillik va ishonchli hamkori hisoblanadi. Huawei kompaniyasining aksariyat muhandislari va mutaxassislari mazkur universitet bitiruvchilaridir. Mana bir necha yildan beri, iste'dodli talabalarni rag‘batlantirish maqsadida kompaniya mazkur ta'lim dargohidagi yosh olimlarini qo‘llab-quvvatlab, universitetga homiylik yordamini ham ko‘rsatib kelmoqda.
“Yaqinda Huawei kompaniyasining tadqiqot markaziga amalga oshirgan tashrifi davomida mamlakatimiz Prezidenti AKT sohasidagi kadrlarni tayyorlashda va mutaxassislar malakasini oshirishda Huawei kompaniyasi bilan hamkorlik qilish lozimligiga urg‘u bergan edi. Ko‘p yillar davomida biz ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan holda bir qator loyihalarni amalga tatbiq etmoqdamiz. Bularga bizning universitetda HAINA akademiyasining ochilishi, “1000 AKT iste'dod“ va “Seeds for the Future loyihalarini misol qilish mumkin. Mamlakatimizda AKT sohasidagi kadrlar potensialini oshirish maqsadida biz xalqaro kompaniyalar, shu jumladan Huawei bilan kelgusi hamkorlikka umid bildiramiz” , dedi TATU rektori To‘lqin Teshaboyev.
“Seeds for the Future” loyihasi tomonidan bo‘lajak AKT va IT mutaxassislarni yanada kengroq qamrab olish maqsadida Huawei kelgusi yilda bir nechta universitetlarda amaliyot dasturini yo‘lga qo‘yish niyatida.
Reklama huquqi asosida