Bejirim restoranlarga aylantirilgan tashlandiq samolyotlar

Light 19:22 / 23.05.2019 19918

Butun dunyodagi bosh oshpazlar va restoratorlar nafaqat mazali taom, balki restoran intereri uchun g‘oyalarni doimiy ravishda izlaydilar. Bir kuni mazkur biznes vakillarida eski tashlandiq samolyotlarni restoranlarga aylantirish g‘oyasi paydo bo‘ldi.

Foto: Hawai Adda

Samolyotda sayr qiluvchi ko‘plab odamlar qo‘rquv va boshqa sabablar tufayli ovqatdan voz kechishadi. Tashlandiq laynerdagi restoran bunday yo‘lovchilar uchun a'lo darajadagi imkoniyat.

El-Avion

Foto: El Avión

Samolyot Kosta-Rika junglilarida halokatga uchragan. Bu o‘tgan asrning saksoninchi yillarida yuz bergan. Bugun uning bortida El Avión bar-restorani faoliyat yuritmoqda.

La Tante DC10

Foto: La Tante DC10

Restoran Ganada joylashgan. Unda mahalliy oshxona taomlari tortiladi. Bu muassasa uchun Ghana Airways aviakompaniyasining yaroqlilik ro‘yxatidan chiqarilgan bortidan foydalanishga qaror qilishgan.

Hawai Adda

Foto: Getty Images

Hindistondagi mazkur restoran egalari oddiy samolyot bortini dizaynerlik g‘oyasi namunasiga aylantirishga qaror qilishdi. Fyuzelyajda hashamatli kabinalar o‘rnatildi, u yerda oshpazlar juda mazali vegetarian taomlarini tayyorlashadi. Ma'lumki, Hindistonda ular juda mashhur.

Din-roud

Foto: Instagram/steakoutbolton

Mazkur restoran-layner bortida juda mazali steyklarni tatib ko‘rish mumkin.

Makdonalds

Foto: Getty Images

Bunday Makdonalds Yangi Zelandiyadagi Taupo shahrida joylashgan. Restoran egalari samolyotni bo‘yab, katta «M» harfi bilan bezatishdi. Douglas DC-3 borti o‘tgan asrning oltmishinchi yillaridayoq yaroqlilik ro‘yxatidan chiqarilgan. Bugun u shahar ahli va mehmonlar orasida mashhurlikka erishgan.

Speys Shattl

Foto: Flickr

Bu Nyu-Yorkdagi mashhur qahvaxonalardan biri. To‘g‘ri, unda har doim ham qahva ichishning iloji yo‘q. Muassasa xo‘jayinlari bir necha marta o‘zgargan. Shuning uchun qahvaxona ko‘pincha yopiq. Hozirda u 230 ming dollarga sotilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: