Yaxshi maosh to‘lanadigan dunyodagi eng g‘aroyib 20 ta ish o‘rinlari

Light 13:09 / 22.05.2019 40600

Ish ko‘pincha mashaqqatlar jarayoni sifatida qaralsa ham har doim ham shunday bo‘lishi shart emas. Ayrim ishlar zerikarli, boshqalari esa qiziqarli va yoqimli. Maosh ham ajoyib!

Hayotingizni yanada qiziqroq qiladigan ishni topishda yordam berish uchun dunyodagi eng qiziq 20 ish o‘rinlari ro‘yxatini taqdim etamiz. Ahamiyatli jihati, ish haqi ham yaxshi. Buni avvalroq o‘qimaganingizdan afsuslanishingiz mumkin.

Foto: Pixabay

1. Ferrari avtoulov haydash yo‘riqchisi (instruktor)

Bu qanchalik qiziqarli? Ferrari ruli uchun maosh olish.

Yiliga 90 mingdan 120 ming dollargacha haq to‘lanadi.

Talab:

Professional poygalardagi katta tajriba va professional tayyorgarlik.

2. Videoo‘yinlar o‘yinchisi

Xuddi yetti kun yigirma to‘rt soatdan o‘yin o‘ynashga bo‘sh vaqt bordek.

Talabga qarab yiliga 50 ming dollar.

Talab:

Haqiqatan ham mohir o‘yinchi bo‘ling.

Videoo‘yinlarni yoqtiring.

3. Orolni kuzatuvchi

Tabiatning bir qismiga aylanasiz.

Yolg‘izlik holati yuzaga kelishi mumkin.

Oroldagi shaxsiy sarguzasht

Yiliga 100 ming dollar haq to‘lanadi.

Talab:

Yaxshi suzuvchi ko‘nikmasiga ega bo‘lish.

Suv sporti turlariga qiziqish.

Sarguzashtlarni sevish.

Orolni ommaga tanitish va shtab-kvartiraga haftalik hisobot berish uchun odamlar bilan yozma shaklda muloqot qilish.

4. Taom uslubchisi

Bu qanchalik qiziqarli?

Iste'mol qilinadigan yeguliklarni san'at asariga aylantiring. Buning uchun ularni jurnal va ovqat tayyorlash kitoblari uchun fotosessiyalarga tayyorlang.

Ehtimol, biror nozik tovuqni tozalashga to‘g‘ri kelar. Eng muhimi, jami «pardoz-andoz» va «kiyim-kechak»dan keyin u hali ham yaxshi holatda bo‘lishi kerak.

Qancha maosh  to‘lashadi? Yiliga 77 ming dollar.

Talab:

A'lo darajadagi estetik hissiyot.

Taom haqidagi chuqur bilimlar.

Foto: Pixabay

5. Ovoz aktyorlari

Bu qay darajada qiziq?

Kulgili ovozlar chiqarib, pul ishlang.

Studiyada o‘zingiz istagan kiyimni kiying (tungi kiyim, kostyum)

Qanchalik yaxshi haq to‘lashadi? Tajribaga qarab 80 ming dollargacha.

Talab:

A'lo ovoz va ovozni yaxshi nazorat qilish.

6. Portlamagan qurol zaxiralari texnigi (sapyor)

Portlash uchun pul oling.

Yiliga 150 ming dollar haq to‘lanadi.

Talab:

Sapyorning professional malakasi

7. Odobli xaker

Bu qanchalik qiziqarli? Kompyuter tizimlarini qonuniy buzish uchun ishga yollash (va bu bilan faxrlanish).

100 mingdan 140 ming dollargacha xizmat haqi beriladi.

Talab:

Sertifikatlangan malaka

Malakaga ega sinovchining axborot xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha global sertifikati (GIAC)

Xavfsizlik bo‘yicha mutaxassis malakasi

8. Krossvordlar muallifi

Bu qanchalik qiziq? O‘zingizning shaxsiy krossvordingizni tuzing.

Yiliga 70 ming dollar xizmat haqi beriladi.

Talab:

Lug‘at sohasidagi keng bilimlar

Tig‘iz jadvalga amal qilish ko‘nikmasi

9. Videoo‘yinlar dizayneri

O‘z ijodiy salohiyatingizni oching va shaxsiy videoo‘yin yarating.

Tajribaga qarab yiliga 80 ming dollarga yaqin pul beriladi.

Talab:

Videoo‘yinlar dizayneri yoki informatika sohasida diplomga egalik.

Videoo‘yinlar bo‘yicha bilimlar va kuchli istak.

Foto: Pixabay

10. Blimp uchuvchi

Yorqin dirijablda kuni bo‘yi uching va oylik maoshga ega bo‘ling.

Yiliga 70 ming dollar haq to‘lanadi.

Talab:

1200 soatdan ko‘proq uchish tajribasi

Malakali uchish yo‘riqchisining sertifikati

Tijorat reytingi

11. O‘yinchoqlar dizayneri

Bolalikdagi orzuni amalga oshiring va bolalar uchun o‘yinchoqlar yarating.

Buning uchun yiliga taxminan 70 ming dollar haq to‘laydilar.

Talab: o‘yinchoqlar dizayni bilan bog‘liq istalgan sohadagi daraja.

O‘yinchoqlar va ularning bolalarni baxtli qilishiga nisbatan katta ilhom.

12. Bashoratlar yozilgan pechenelar uchun yozuvchi

Bu qay darajada qiziqarli? O‘z aql va donishmandligingizni o‘zgalarga biror narsani o‘rgatadigan narsa yozish orqali namoyish eting.

Buning uchun yiliga 70 ming dollargacha haq to‘lanadi.

Talab:

G‘oyalarning juda ko‘p bo‘lishi. Har yili ishlab chiqariladigan 3 milliard dona pechene ijobiy fikrga egaligiga ishonch hosil qilish uchun samarador odam bo‘lishingiz lozim.

13. Hollivud kaskadyori

O‘zingizni kinoteatr ekranlarida tomosha qiling va tomoshabinlarning olqishlariga sazovor bo‘ling.

Buning uchun yiliga 100 ming dollargacha haq to‘lashadi. Bu filmning miqyosi, tajribasi va tryuklar xarakteriga bog‘liq.

Talab:

Kaskadyorlar gildiyasining a'zosi bo‘lish.

A'lo darajali jismoniy tayyorgarlik.

14. Disneylend yuzi

Bu qay darajada qiziqarli? Disneylend qahramoniga aylanish haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Bolaligingizdagi sevimli multfilm qahramoni kiyimini kiying va ular uchun o‘ynang.

Buning uchun yiliga 32 ming dollargacha haq to‘lashadi.

Talab:

Bo‘yning balandligi

O‘zini multfilm qahramoni kabi tuta olish

Bolalarni sevish va bilish, ularning ehtiyojlarini qondirish.

Foto: Pixabay

15. Oziq-ovqat tanqidchisi

Bu qay darajada qiziqarli?

To‘liq bepul tushlik. Qayerda ovqatlanish va pul sarfi haqida umuman bosh qotirmaysiz.

Oshpaz va xizmatchilar sizda taassurot qoldirishga intilishadi.

Buning uchun qancha haq to‘lashadi?

Yiliga 47 ming dollar

Talab:

Taomlar bo‘yicha yaxshi bilimga ega bo‘lish va ta'm hamda hidni sezish.

Restorandagi ish jarayoni bilan tanish bo‘lish.

A'lo darajadagi muloqot qilish (yozma) ko‘nikmalari.

Detallarga ahamiyatli bo‘lish.

16. Muzqaymoq degustatori

Bu qay darajada qiziqarli? Kishiga xursandchilik baxsh etadigan shirinlikning cheklanmagan miqdordaligi.

Buning uchun yiliga 60 ming dollar haq to‘lashadi.

Talab:

Oziq-ovqatlar sohasida darajaga ega bo‘lish.

Muzqaymoqni sevish (chunki uni deyarli har kuni iste'mol qilishingizga to‘g‘ri keladi).

17. Poygachi

Bu kasb qay darajada qiziqarli? Poyga mashinasining xususiyatlarini diqqat bilan kuzatish va haydovchi bilan muloqot qilish. Aslida siz ham poyganing bir qismisiz!

Buning uchun yiliga 134 ming dollar haq to‘lashadi.

Talab:

Matematika va fizikadan darajaga ega bo‘lish.

Yuqori bosim ostida ishlash qobiliyati, chunki javobning yarim soniyaga kechikishi ham ahamiyatga ega

Sanoatni yaxshi tushunish

18. Somele

Sharob iching va uni odamlarga tavsiya eting

Sharobning yangi turlarini topish uchun dunyo bo‘ylab sayohat qiling.

Buning uchun yiliga 40 ming dollargacha haq to‘lanadi. Biroq somele bo‘yicha yetuk mutaxassis yiliga 150 ming dollargacha haq oladi.

Talab:

Sharob haqidagi keng bilimlar

Ta'm va hidga sezgirlik

A'lo darajadagi muloqot ko‘nikmalari

19. Ijtimoiy tarmoqlar mutaxassisi

Bu qay darajada qiziqarli? Bo‘sh vaqtingizda Facebook, Twitter va Instagram’ni kuzatsangiz ham endilikda buning orqasidan maosh olasiz.

Buning uchun yiliga tajriba va majburiyatlardan kelib chiqqan holda 55 mingdan 83 ming dollargacha haq to‘lashadi.

Talab:

So‘nggi qoidalar va ijtimoiy tarmoqlardagi turli platformalarni bilish.

Marketingdagi keng bilimlar.

Foto: Pixabay

20. Radio va televideniye suxandoni

Bu qay darajada qiziqarli?

Jonli efirda ishlash adrenalinni ta'minlaydi.

Mashhur kishilar, siyosatchilarni uchratish va ulardan intervyu olish imkoniyati

Ko‘p hollarda sizni bepul ovqatlanish va turli tadbirlarga taklif etishadi.

Buning uchun yiliga 45 ming dollargacha haq to‘lanadi.

Talab:

Jurnalistika, radiouzatish va aralash sohalarda darajaga ega bo‘lish

Ayrim hollarda maxsus bilimlar talab etiladi

A'lo darajadagi muloqot va katta bosim ostida ishlash imkoniyati (masalan, Hollivud yulduzi bilan hayajonlanmaysiz va duduqlanmaysiz).

Ko‘proq yangiliklar: