Xalqaro valuta jamg‘armasi boshqaruvchi direktori samarqandlik tadbirkor ayollar bilan uchrashdi

O‘zbekiston 18:03 / 22.05.2019 4314

Xalqaro valuta jamg‘armasi boshqaruvchi direktori Kristin Lagard Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi. Tashrif chog‘ida Kristin Lagard O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norboyeva boshchiligida turli sohada faoliyat yuritayotgan tadbirkor ayollar bilan suhbatda bo‘ldi. 

Kristin Lagard ularning tadbirkorlik faoliyati uchun yaratilgan imkoniyatlar, erishilgan yutuqlar va yuzaga kelayotgan muammolar bilan qiziqdi.

Samarqandlik tadbirkor xotin-qizlar o‘z faoliyatlari to‘g‘risida ma'lumot berib, Kristin Lagarddan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Bundan tashqari, Xalqaro valuta jamg‘armasi boshqaruvchi direktoriga O‘zbekistonda gender tenglikni ta'minlash, ayollar bandligini ta'minlash hamda ularning fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda, islohotlarni amalga oshirishda olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida ma'lumot berildi.

Mehmon ayollarning tadbirkorlik sohasida huquq va manfaatlarini ta'minlashda boshqa mamlakatlar va o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.

Ko‘proq yangiliklar: