O‘zbekiston Qirg‘izistondan sement yetkazib berilishini qayta tikladi

O‘zbekiston 16:59 / 22.05.2019 12062

O‘zbekiston qo‘shni Qirg‘izistondan sement yetkazib berilishini qayta tikladi. Bu haqda Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

«Qirg‘iziston va O‘zbekistonning tegishli vazirlik hamda idoralari muzokaralari yakuniga ko‘ra, 2019 yil 22 may kuni Qirg‘izistondan O‘zbekistonga sement yetkazib berish qayta tiklandi», - deyiladi mamlakat Tashqi ishlar vazirligi xabarida.

Eslatib o‘tamiz, 21 may kuni deputat Azamat Arapbayev Jogorg‘u Keneshning iqtisodiy va fiskal siyosat bo‘yicha qo‘mitasi yig‘ilishida O‘zbekiston tomoni Qirg‘izistondan sement kiritmayotganini ma'lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat janubida ko‘plab sement zavodlari eksport uchun ishlamoqda.

«Ular barcha mahsulotini bozorimizda sota olmaydi, agar shunday davom etsa, korxonalarning ishi to‘xtab qoladi. Sizlar ushbu cheklovning joriy etilishiga nima sabab ekanini bilishingiz kerak. Bu yerda faqat ahmoqona taqiq kuzatilmoqda: «Kiritmayman, bo‘ldi», - deya ta'kidlab o‘tdi u.

Deputatning fikricha, Iqtisodiyot vazirligi va bosh vazir bu savolga javob berishi kerak.

Ko‘proq yangiliklar: