G‘arb madaniyati tarixidagi eng boy odam ma'lum qilindi 

Light 19:41 / 22.05.2019 14621

Amerikalik iqtisodchi Semyuel Uilyamson neft magnati Jon Rokfellerni g‘arb madaniyati tarixidagi eng boy odam deb atadi.

Tadbirkor XIX va XX asrlar bo‘sag‘asida 1,5 mlrd dollarlik boylik to‘plagan. Hozirgi vaqtda bu qiymat taxminan 26 mlrd dollarni tashkil qilgan bo‘lardi. Rokfeller to‘plagan boylik o‘sha vaqtda AQSh yalpi ichki mahsulotining 1,6 foizini tashkil qilgan. Agar bu mutanosiblik saqlanib qolsa, Rokfellerning boyligi zamonaviy tarixdagi eng boy odam – Jyeff Bezosning boyligidan 3 marta ko‘proqni tashkil qilgan bo‘lardi. Hozirda Amazon asoschisining boyligi taxminan 117 mlrd dollarga baholanadi.      

Uilyamsonning ta'kidlashicha, o‘tmishning boy odamlari – tadbirkorlar, qirollik oilalari a'zolari va Rim sarkardalarining boyliklari zamonaviy milliarderlarnikidan ancha ko‘proqni tashkil qilgan bo‘lardi. Amerikalik iqtisodchi turli zamonlarning eng boy odamlari moliyaviy ko‘rsatkichlarini ularning boyliklari miqdori va o‘sha vaqtdagi davlat yalpi ichki mahsuloti nisbati orqali taqqoslaydi.

Forbes ro‘yxatidan o‘rin olgan boshqa milliarderlar ham o‘tmishning yetakchi tadbirkorlari bilan boylik borasida bahslasha olmagan bo‘lardi. Misol uchun, bugungi kunda po‘lat ishlab chiqaruvchi Endryu Karnegining boyligi Uilyamson uslubi bo‘yicha 300 mlrd dollarga yaqinni, temir yo‘l magnati Kornelius Vanderbiltniki esa 200 mlrd dollarga baholangan bo‘lardi. O‘z navbatida, Spartak isyoni g‘olibi, Qadimgi Rim sarkardasi Mark Litsiniy Krassning boyligi 210 mlrd dollarga baholanardi.  

Ko‘proq yangiliklar: