23 may kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin

O‘zbekiston 12:50 / 22.05.2019 14220

Toshkent shahri. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 23 may kuni poytaxtda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5–10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12–14 daraja iliq, kunduzi 25–27 daraja issiq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10–15 daraja iliq, kunduzi 22–27 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17–22 daraja iliq, kunduzi 20–25 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent va Sirdaryo viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15–20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15–20 daraja iliq, kunduzi 23–28 daraja issiq bo‘ladi.

Samarqand va Jizzax viloyati. Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15–20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12–17 daraja iliq, kunduzi 23–28 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15–20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13–18 daraja iliq, kunduzi 20–25 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5–10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15–20 daraja iliq, kunduzi 25–30 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba'zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15–20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5–10 daraja, kunduzi 15–20 daraja iliq bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: