10-11-sinf o‘quvchilariga o‘rgatiladigan 26 ta yangi kasblarning malaka talablari muhokamaga qo‘yildi

O‘zbekiston 16:12 / 22.05.2019 5869

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi Kasb-hunar ta'limi markazining “Umumiy o‘rta ta'lim maktablarining 10-11-sinf o‘quvchilariga o‘quv-ishlab chiqarish majmualarida beriladigan kasblar bo‘yicha malaka talablariga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan zamonaviy yangi kasblar bo‘yicha bilim berish yo‘lga qo‘yilmoqda. Mazkur kasblarning malaka talablari tayyorlanib muhokamaga qo‘yildi.

Xalq ta'limi vazirligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, bugungi kunda o‘quv-ishlab chiqarish majmualarida 51 ta kasb-hunar o‘rgatilib kelinmoqda. 2019-2020 o‘quv yilidan boshlab o‘quvchilarning qiziqishlarini inobatga olgan holda yangi kasblarni o‘rgatish moddiy-texnika bazasiga va pedagogik kadrlar salohiyatiga ega bo‘lgan o‘quv-ishlab chiqarish majmualarida tashkil etilishi ko‘zda tutilmoqda.

Yangi kasblar 10-11–sinf o‘quvchilariga rivojlanib borayotgan mehnat bozorida o‘z o‘rnini topishiga ko‘mak beradi. Jumladan, mazkur qo‘shimchalar bilan o‘quvchilarga animator, alyumin va plastik profilli rom yasovchi usta, grafik dizayner, veb-dizayner, landshaft dizayneri, mozaikachi, muzlatgich tuzatuvchi, reklama stendi ustasi kabi yangi 26 ta kasb turlarini o‘rgatish nazarda tutilgan.

Ushbu kasblar ro‘yxati Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, idoralar, yirik ish beruvchi korxona va tashkilotlarning takliflari asosida mehnat bozori ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda shakllantirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: