Matematika bo‘yicha Abel mukofoti ilk bor ayol kishiga topshirildi

Light 21:37 / 21.05.2019 6090

Osloda matematika bo‘yicha Abel mukofoti (Nobel mukofotining muqobili) bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Ilk bor ushbu nufuzli mukofot ayol kishiga topshirildi.

Mukofotni Norvegiya qiroli Xarald V Oslo universiteti marosimlar zalida topshirgan. Ushbu yil mukofot Texas universiteti professori Karen Ulenbekka nasib qildi.

Ma'lum qilinishicha, Ulenbek ushbu mukofotni olgan ilk ayol bo‘ldi. Olima “xususiy hosilali geometrik differensial tenglamalar, kalibrlash nazariyasi sohasidagi yutuqlari” uchun mukofot bilan taqdirlangan.

Ko‘proq yangiliklar: