Budjet tashkilotlari xodimlari maoshi to‘liq plastik kartaga o‘tkazilishi mumkin

O‘zbekiston 14:26 / 21.05.2019 37484

Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurotov budjet sohasidagi ishchilarning oylik maoshlarini to‘liq plastik kartaga o‘tkazilishi haqidagi rejalarini aytdi, deb yozmoqda O‘zA.

«Hozir Toshkentda Humo to‘lov tizimi ishga tushirilmoqda. Bizning asosiy maqsadimiz – maoshlarni to‘liq plastik kartaga o‘tkazishdir. Hozir 2000 dan ortiq bankomatlar olib kelinmoqda va ularga dasturiy ta'minotlar o‘rnatilmoqda. Biz naqd valutani bankomatlar orqali olish uchun sharoit yaratamiz. Humo tizimi ishga tushganidan keyin ushbu masala to‘liq hal bo‘ladi», dedi Markaziy bank rahbari.

Nurmurotov aytishiga qaraganda, tijorat banklari maoshgacha qarz berib turish hamda kredit kartalarni ishga tushirishni joriy etishni boshlab yuborgan.

Avvalroq, Markaziy bank rahbari nafaqa pullarini naqd ko‘rinishda berilishini to‘xtatish va har bir mahalla hamda xizmat ko‘rsatish joylariga bankomatlar o‘rnatish borasidagi rejani ma'lum qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: