Abdulaziz Komilov Bishkekka boradi

O‘zbekiston 13:42 / 21.05.2019 2012

O‘zbekiston delegatsiyasi ShHT TIVK bo‘lajak majlisida ishtirok etadi, deb xabar qilmoqda Tashqi ishlar vazirligi.

2019 yilning 22 may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya Bishkek shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining majlisida qatnashadi.

Tashkilot tashqi siyosat idoralari rahbarlari bo‘lajak ShHT Sammitiga tayyorgarlikning borishini muhokama qiladilar hamda dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashadilar.

Ko‘proq yangiliklar: