Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Umid Ahmadjonov hududiy futbol rahbarlari ishtirokida majlis o‘tkazdi

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasida hududiy futbol assotsiatsiyalari vitse-prezidentlari va futbol akademiyalari direktorlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni O‘FA Birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov olib bordi.
Majlisda hududiy bolalar-o‘smirlar futbol akademiyalari faoliyati tanqidiy ko‘rib chiqildi.
Birinchi navbatda futbol akademiyalarining infratuzilmasini yaxshilash, sifatli maydonlar barpo qilish, akademiya tarbiyalanuvchilariga barcha shart-sharoitlarni muhayyo qilish masalalari muhokama qilindi.
Umid Ahmadjonov mamlakatda futbolni rivojlantirishda akademiyalarning ahamiyati yuqori ekanini ta'kidlar ekan, akademiyalarning asosini mustahkam qilib shakllantirilish asosiy vazifalardan biri ekanini aytib o‘tdi.
Bu borada futboli rivojlangan xorij akademiyalari tajribasidan faol ravishda foydalanish zarurligi ham ta'kidlandi. Jumladan, Qatar milliy terma jamoasining so‘nggi Osiyo Kubogidagi muvaffaqiyatida bu mamlakatda faoliyat yuritayotgan "Aspire" akademiyasi, u yerda ishlayotgan xorijiy mutaxassislarning o‘rni katta ekani qayd etib o‘tildi. Shundan kelib chiqib, yurtimizdagi hududiy bolalar-o‘smirlar futbol akademiyalari direktorlari va murabbiylarini malaka oshirish va tajriba o‘rganish uchun futboli rivojlangan Ispaniya, Italiya, Gollandiya kabi mamlakatla akademiyalariga safarga yuborish bo‘yicha ham topshiriqlar berildi.
Shuningdek, hududiy bolalar-o‘smirlar futbol akademiyalaridagi bo‘sh ish o‘rinlarini malakali mutaxassislar bilan to‘ldirish, yuqori saviyali murabbiylarni bu yerga jalb qilish masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Avstraliya ham Falastinni tan olmoqchi
Jahon | 14:24
-
O‘zbekiston qurg‘oqchilikni bartaraf qilish uchun Qozog‘istonga suv yuboradi
Iqtisodiyot | 13:59
-
Turkiyada zilzila, Tel-Avivda miting va kelishuvdan norozi Eron - kun dayjesti
Jahon | 13:26
-
Moskvada «ArBat» batalyoni asoschisi xudkush tomonidan o‘ldirilgani ma’lum bo‘ldi
Jahon | 13:10
Mavzuga oid

18:25 / 24.02.2025
O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston 2031 yilgi Osiyo kubogini birgalikda o‘tkazmoqchi

01:01 / 01.11.2023
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi OFK tomonidan «Platinum» yo‘nalishi bo‘yicha Osiyoda tengsiz deb topildi

22:11 / 05.10.2023
Turkiyzabon davlatlar futbol turnirlarini tashkil qilishni rejalashtirmoqda

22:26 / 12.07.2021