Mercedes-Benz dunyodagi eng xavfsiz avtomobilni taqdim qildi

Fan-texnika 21:51 / 20.05.2019 22003

Mercedes-Benz GLE modeli negizida qurilgan Experimental Sicherheits Fahrzeugs (ESF) konsept-kari o‘zida barcha yangi texnologik yutuqlar va ilg‘or xavfsizlik funksiyalarini mujassamlashtirdi.

Nazvaniye

Krossoverning ekstereri qolgan mashinalardan raqamli panellari borligi bilan farqlanadi. Ular radiator panjarasi, orqani ko‘rish oynasining o‘rnini egallagan va tomda o‘rnatilgan. Displeylar harakatning qolgan ishtirokchilarini yo‘ldagi vaziyatdan xabardor qilish uchun yaratilgan. Misol uchun, orqani ko‘rish oynasiga avtomobil oldida yuz berayotgan va haydovchi o‘z oldida ko‘rayotgan tasvir chiqarilishi mumkin. Shuningdek, monitorga biror favqulodda vaziyatda yordam so‘rab qisqacha xabar chiqarilishi mumkin.

Foto: Mercedes-Benz ESF 2019
Foto: Mercedes-Benz ESF 2019

Haydovchi o‘rni avtopilot rejimiga o‘tilganda old panelga yashiriluvchi yig‘iluvchi pedal va rul bilan jihozlangan. ESF 2019, shuningdek, haydovchini burilishga katta tezlikda kirishdan ogohlantiruvchi Pre-Safe Curve tizimi bilan ta'minlangan. Bu tizim xavfsizlik kamarini biroz tortib qo‘yish bilan haydovchini katta tezlikdan ogohlantiradi. Avtopilot rejimi paydo bo‘lgani hisobga olinib, salonda xavfsizlik yostiqchalarining joylashishi ham optimallashtirilgan.

Foto: Mercedes-Benz ESF 2019
Foto: Mercedes-Benz ESF 2019

Xavfsizlik darajasini oshirish uchun avtomobil qarama-qarshi va bir yo‘nalishda harakatlanayotgan haydovchilar ko‘zini qamashtirmaydigan yangi faralar bilan jihozlangan. Falokat yoki nosozlik yuz bersa, avtomobil avtomatik rejimda ikkita avariyaviy belgini faollashtiradi. Ulardan birinchisi avtomobil tomida joylashgan, ikkinchisi mustaqil ravishda mashinadan chiqib, uning orqasida joylashadigan mini-robotdan iborat. 

Foto: Mercedes-Benz ESF 2019

Avtomobil elektronikasi orqadan to‘qnashish xavfini qayd qilsa, unda konsept yo‘l-transport hodisasidan qochish yoki uning oqibatlarini minimallashtirish uchun mustaqil ravishda oldinga harakat qilishi mumkin. Bolalar bilan xavfsiz yurish uchun bolalar o‘rindig‘i atrofida xavfsizlik yostiqchalari to‘plami joylashtirilgan. Bundan tashqari, elektronika bolalar o‘rindig‘ining to‘g‘ri o‘rnatilgani va bolaning safardagi hayotiy ko‘rsatkichlarini nazorat qiladi.

Mercedes ushbu konsept-karni faol va passiv xavfsizlik sohasidagi yangi texnologiyalarni namoyish qilish uchun ishlab chiqqan. Avtomobilda qo‘llangan yechimlarning bir qismi yaqin orada Mercedes-Benz’ning seriyali modellarida paydo bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: