Fotoreportaj: Andijon shahrida bunyod etilayotgan “Andijon Sity” qanday bo‘ladi?

O‘zbekiston 00:04 / 20.05.2019 47265

Andijon shahridagi “Mustaqillik” mahallasi hududidagi eski uylar o‘rnida, “Andijon Siti” loyihasi bunyod etilishi boshlandi. 

Prezident tashrifi davomida taqdim etilgan loyiha haqida batafsil ma'lumot olish maqsadida Andijon shahar bosh arxitektori To‘rajon Rizayev bilan buzish va qurilish ishlari avj olayotgan “Mustaqillik” mahallasiga borib, “Andijon Siti” chizmalari bilan tanishdik.

Ayni paytda mahallada yashovchi xonadon egalari eski uylaridan Xo‘jaobod tumanidagi Xidirsha mavzesidan berilgan 2 sotixli kottejlarga ko‘chishmoqda. Qurilish shtabida turar-joy, ijtimoiy obektlar, mehmonxona va ko‘ngilochar maskanlar uchun loyihaviy takliflar suratlari ilingan.

“70 gektar hududda 12, 9, 7 qavatli turar-joy binolari, 30 qavatli biznes markaz, 24 qavatli mehmonxona, ko‘ngilochar maskan, 4 qavatli savdo markazi, Kongress xoll, 16 qavatli besh yulduzli mehmonxona va ko‘plab zamonaviy ko‘rinishdagi binolar majmuasi qad ko‘taradi”, deydi shahar me'mori To‘rajon Rizayev.  

Elmurod Ermatov, Andijon

Ko‘proq yangiliklar: