"AvtoVAZ" tormoz pedalda muammolar bo‘lishi mumkinligi sababli qariyb 33 ming dona Lada Largus avtomobilini chaqirib oladi. Bu haqda Rosstandart tashkiloti xabar qildi.
Rosstandartning bildirishicha, 32 892 dona Lada Largus avtomobili ixtiyoriy chaqiruv asosida tekshiruvdan o‘tkaziladi.
Unga ko‘ra, 2017 yil noyabrdan bugungi kunga qadar ishlab chiqarilgan avtomobillar chaqirib olinadi.
Chaqiruvga tormoz vakuum kuchaytirgichi korpusdagi membrananing siljishi, tormoz pedalidagi ehtimoliy muammo sabab qilib ko‘rsatilgan.