Alisher Usmonovning «Kommersant'» muxbirlarining ishdan bo‘shatilishiga aloqasi yo‘qligi ma'lum qilindi

Jahon 22:53 / 20.05.2019 10004

“Kommersant'” nashriyot uyi aksiyadori Alisher Usmonov “Kommersant'” gazetasi xodimlarining ishdan bo‘shatilishi borasida qaror qabul qilmagan va bu haqda matbuotdagi xabarlardangina bilgan. Bu haqda tadbirkorning vakili ma'lum qildi.

“Aksiyador tahririyat siyosatiga aralashmaydi va uning ustiga jurnalistlarni ishdan bo‘shatish yoki qabul qilish bo‘yicha qaror qabul qilmaydi. Alisher Burxonovich “Kommersant'” xodimlarining ishdan bo‘shatilganini matbuotdagi xabarlardan bildi”, deb aytgan Usmonov vakili.

20 may kuni gazeta bosh muharriri o‘rinbosari Gleb Cherkasov va bir qator jurnalistlar maxsus muxbir Ivan Safronov va siyosiy bo‘lim muharriri o‘rinbosari Maksim Ivanovning  ishdan olinishiga norozilik sifatida ketishlari haqida ariza yozishgan. Cherkasovaning ta'kidlashicha, jurnalistlarning ishdan bo‘shatilishiga Rossiya Federatsiya kengashi spikeri Valentina Matviyenkoning o‘zgartirilishi mumkinligi haqidagi maqola sabab bo‘lgan. “Vedomosti” nashrining xabar berishicha, jurnalistlarning ishdan bo‘shatilishi haqidagi qarorni Usmonov qabul qilgan.

Safronov Facebook’da u va Ivanov “o‘z xohishlariga ko‘ra ketmayotganlari, balki Matviyenko haqidagi maqolaga jiddiy e'tiroz bildirgan aksiyador qaroriga ko‘ra” ketayotganlarini yozgan.

Matviyenkoning Federatsiya kengashidan ketishi mumkinligi haqidagi maqola “Kommersant'”da 17 aprelda chop etilgan. Unda Matviyenkoning o‘rnini tashqi razvedka xizmati rahbari Sergey Narishkin egallashi mumkinligi aytilgan. 

Ko‘proq yangiliklar: