YeChLga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma olgan klublar soni 20taga yetdi

Sport 11:49 / 19.05.2019 11093

Fransiya chempionatining 37-turida «Lill» «Anjye»ni qabul qilib 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Bu g‘alaba evaziga «Lill» mavsum yakunlariga ko‘ra Fransiyada ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi va Chempionlar ligasining 2019/20 yilgi mavsumiga yo‘llanma olgan 20-klub bo‘ldi.

«Lill»dan tashqari YeChLning 2019/20 yilgi mavsumidagi ishtirokini kafolatlagan jamoalar quyidagilar: «Barselona», «Atletiko», «Real», «Valensiya» (barchasi — Ispaniya), «Manchester Siti», «Liverpul», «Chelsi», «Tottenxem» (barchasi — Angliya), «Yuventus», «Napoli» (ikkisi — Italiya), «Bavariya», «Borussiya» D, «RB Leypsig», «Bayyer» (barchasi — Germaniya), «PSJ» (Fransiya), «Zenit» (Rossiya), «Benfika» (Portugaliya), «Genk» (Belgiya), «Red Bull Zalsburg» (Avstriya).

Fransiya chempionati
37-tur
Lill – Anjyer 5:0
(2:0, 3:0)
Gollar: 1:0 – 2 Ikone, 2:0 – 14 Pepe, 3:0 – 69 Bamba, 4:0 – 76, penalti Pepe, 5:0 – 89 Luis Araujo.
Lill – Menyan, Chelik (Pe, 82), Fonte, Gabriel, Kone, Pepe, Tiago Mendes, Sumare, Bamba, Ikone (Luis Araujo, 77), Remi (Ruy Fonte, 82).
Anjye – Byutel, Manko, Traore, Pavlovich, Pellenar (Ait-Nuri, 46), Pajo (El-Melali, 70), Santamariya, Ren-Adelaid, Fyuljyeni, Baoken (Kanga, 80), Te.
Ogohlantirishlar: Pavlovich (24), Pajo (39), Ait-Nuri (75), Luis Araujo (90).

Ko‘proq yangiliklar: