Yaponiyada dunyodagi eng keksa juftlikning erkak a'zosi vafot etdi

Jahon 10:07 / 19.05.2019 13158

Takamatsu shahrida (Yaponiya) dunyodagi eng keksa juftlikning erkak a'zosi, yaponiyalik Masao Matsumomto vafot etdi. Er-xotinning umumiy yoshi 210 yoshdan ko‘proqni tashkil qilgan.

108 yoshli erkakning o‘limiga yurak yetishmovchiligi sabab bo‘lgan. Masaoning o‘limiga qadar u rafiqasi Miyako bilan 81 yil 201 kun birga yashagan.

Qariyalarning ikkisi ham Oita prefekturasida tug‘ilgan. Ular umrlari davomida 5 qiz farzandli, 13 nabirali va 25 abirali bo‘lishgan.

Juftlik Ginness rekordlar kitobidan dunyodagi eng keksa juftlik nomini 2018 yil olgan. Joriy yilda esa ular norvegiyalik juftlik Karl va Gurdren Dolvenning natijasini 57 kunga yaxshilab, mutlaq rekordchilarga aylanishgandi. 

Ko‘proq yangiliklar: