O‘zbekiston va Belarus harbiylari rejalashtirilgan hamkorlikdagi mashg‘ulot yuzasidan brifing o‘tkazdi

O‘zbekiston 10:47 / 19.05.2019 3755

18 may kuni Sharqiy harbiy okrugning «G‘urumsaroy» dala-o‘quv maydonida «Jangovar hamdo‘stlik–2019» O‘zbekiston-Belarus harbiy xizmatchilarining hamkorlikda o‘tkaziladigan maxsus taktik-o‘quv mashg‘ulotlari yuzasidan brifing bo‘lib o‘tdi.

Unda ikki davlat vakillari o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan mashg‘ulotlarning muayyan paviloni, rejasi hamda tartibi xususida fikr almashdi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

«Ushbu maxsus taktik-o‘quv mashg‘ulotlari davomida har ikki mamlakatning maxsus bo‘linmalari harbiy xizmatchilari bugun dunyoning turli mintaqalarida avj olayotgan terrorizm, diniy ekstremizm hamda qurolli mojarolarga qarshi murakkab va zamonaviy jang amaliyotlarini hamkorlikda qo‘llay olishini namoyish etadi», – deya  podpolkovnik Laziz Usmonovning so‘zlarini keltirmoqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Shuningdek, tadbir davomida O‘zbekiston Mudofaa vazirligi mas'ul ofitserlari tomonidan «Jangovar hamdo‘stlik–2019» doirasida Belarus harbiy xizmatchilarining O‘zbekistonning madaniy merosi, go‘zal tabiati, tarixiy obidalari bilan tanishish bo‘yicha tadbirlari tashkil etilishi ko‘zda tutilgani ta'kidlandi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Ko‘proq yangiliklar: