Afrikada Arnold Shvarseneggerga hujum qilishdi - video

Jahon 04:10 / 19.05.2019 37882

Janubiy Afrika Respublikasi o‘tayotgan sport musobaqalari chog‘ida noma'lum erkak amerikalik keksa aktyor Arnold Shvarseneggerga hujum qilgan. Hodisaning videosi World’s Strongest Fan’ning YouTube kanalida e'lon qilingan.

Zalda bo‘lib turgan muxlislardan biri turnirda hakamlik qilayotgan Shvarseneggerning ortidan kelib, sakragancha ikki oyoqlab uning yelkasiga tepgan. Hujum oqibatida 71 yoshli aktyor jabrlanmagan. Bezorini xavfsizlik xizmati xodimlari ushlashgan.

Shvarsenegger o‘tmishda bodibilding va pauerlifting bilan profesionallarcha shug‘ullangan. U uch marta «Mister Olam» tituliga ega chiqqan va yetti bor «Mister Olimpiya» tanlovida g‘olib bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: