Tramp Baydenning Xitoy bilan aloqalari tekshirilishini qo‘llab-quvvatladi

Jahon 14:26 / 18.05.2019 4241

AQSh prezidenti Donald Tramp sobiq vitse-prezident Jo Baydenga nisbatan surishtiruv o‘tkazish g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi. U bu haqda Fox News kanaliga intervyuda ma'lum qildi, undan parcha The Next Revolution dasturining Twitter'ida joylashtirildi.

Jurnalist Baydenning Xitoy hukumati bilan aloqalarini tekshirish kerakligi borasida qiziqqan. Uning so‘zlariga ko‘ra, XXR sobiq vitse-prezidentning oilaviy biznesiga milliardlab dollar sarmoya kiritmoqda.

«Yuz foiz, bu sharmandalik», - deya ta'kidlab o‘tdi Tramp. 

Gap aynan qanday sarmoyalar haqida ketayotganiga aniqlik kiritilmagan.

AQSh matbuoti ma'lumotlariga ko‘ra, 2013 yilda Jo Baydenning o‘g‘li Xanterga tegishli bo‘lgan kompaniya Xitoy banki bilan milliard dollarlik sarmoya shartnomasini imzolagan. Qayd etilishicha, Xanter Bayden va uning sheriklari Xitoy hukumatiga tegishli firmalar bilan bilan ko‘p millionlik bitimlarda ishtirok etgan bir qancha tijorat tuzilmalari tashkil qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: