O‘zbekistonning 2035 yilgacha rivojlanishi konsepsiyasi loyihasi bo‘yicha jamoat eshitishlari boshlandi

Jamiyat 12:37 / 18.05.2019 25061

«BUYUK KELAJAK» XNNT O‘zbekistonning 2035 yilgacha uzoq muddatli rivojlanishi Strategiyasining konsepsiyasi loyihasi bo‘yicha jamoat eshitishlari boshlanganini e'lon qiladi.

«BUYUK KELAJAK» ekspertlari tayyorlagan strategiya Konsepsiyasi loyihasiga oid materiallar bilan o‘zbek, rus va ingliz tillarida tanishish, o‘z sharh va fikringizni ushbu sayt orqali qoldirishingiz mumkin: uzbekistan2035.uz/uz.

2018 yilda davlatning har tomonlama ko‘magi bilan tashkil qilingan, «BUYUK KELAJAK» ekspertlar kengashi Rossiya, AQSh, Germaniya, Buyuk Britaniya, Belgiya, Kanada, Daniya, Shveytsariya, BAA, Saudiya Arabiston, Xitoy Xalq Respublikasi, Singapur, Yaponiya, Turkiya, Qozog‘iston, Finlyandiya kabi 35 dan ziyod davlatda istiqomat qiluvchi 300 dan ortiq mutaxassis-vatandoshlarni birlashtiradi. U o‘zida ulkan potensialga ega «intellektual markaz»ni ifodalagan holda, navqiron davlatimiz manfaatlari uchun yo‘naltiradi. Hozirgi vaqtda, XNNT «BUYUK KELAJAK» oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirmoqda:

  • O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish strategiyasi konsepsiyasini ishlab chiqish.
  • O‘zbekiston Respublikasining 2035 yilgacha bo‘lgan uzoq muddatli rivojlanish modelini amalga oshirishda ko‘maklashish.
  • O‘zbekiston Respublikasining 2035 yilgacha bo‘lgan uzoq muddatli rivojlanish modelini joriy qilish bo‘yicha batafsil reja ishlab chiqish.
  • O‘zbekiston Respublikasining 2017-2021 yillarda beshta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha rivojlanish strategiyasi doirasidagi amalga oshirilayotgan islohotlarni har tomonlama, ekspertlar tomonidan qo‘llab-quvvatlash.

Mamlakat tarixida ilk bor, bir necha yuz olim va amaliyotchilarning ko‘magi bilan qisqa muddatda «O‘zbekiston Respublikasining 2035 yilgacha rivojlanish strategiyasining konsepsiyasi» deya nom olgan o‘ta muhim hujjat tayyorlandi.

Strategiya O‘zbekistonning 2035 yilgancha rivojlanishining 4 ta ssenariysini ifodalaydi:

  • evolyutsion ssenariy – muvaffaqiyatsiz amalga oshirilgan islohotlar holatida tashqi ijobiy kon'yunktura;
  • pessimistik ssenariy – muvaffaqiyatsiz amalga oshirilgan islohotlar holatida tashqi salbiy kon'yunktura va tashqi inqirozlar;
  • dinamik ssenariy – tashqi ijobiy kon'yunktura va yirik investitsiya hajmi vaqtida islohotlar amalga oshiriladi;
  • progressiv ssenariy tashqi salbiy kon'yunktura va tashqi inqirozlar vaqtida islohotlar amalga oshiriladi.

Strategiya Konsepsiyasi loyihasi mamlakatning dinamik ssenariy bo‘yicha rivojlanishini ko‘zda tutib, yurtimizni dunyoning 50 ta iqtisodiy rivojlangan davlatlar qatoriga qo‘shishni maqsad qilgan. U davlat boshqaruvini isloh qilish, iqtisodiy va ijtimoiy sohaning rivojlanishi hamda innovatsiya va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash kabi hal qiluvchi yo‘nalishlardan iborat.

Davlat boshqaruvini isloh qilish yo‘nalishida, loyiha tomonidan qonunchilik bazasini takomillashtirish, sud tizimini isloh qilish, aholining siyosiy madaniyatini ko‘tarish, islohotlarni unumli amalga oshirish va davlat boshqaruvi institutlarini takomillashtirish bo‘yicha vazifalar belgilab berilgan. Bularning barchasi O‘zbekistonning xalqaro indekslardagi o‘rnini ko‘tarilishini ta'minlashi zarur.

Iqtisodiyotda sanoat, xizmatlar sohasi va qishloq xo‘jaligining rivojlanishi rejalashtirilmoqda. Tadbirkorlar tashabbuskorligiga, ularning moliyaviy imkoniyatlar bilan ta'minlanishiga alohida e'tibor qaratiladi. Iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o‘zgarishlarga asoslangan holda, 2035 yilga borib, mamlakatning yalpi ichki mahsuloti 479 milliard dollarga yetishi ko‘zda tutilgan.

2018 yil 28-29 iyun kunlari «O‘zbekiston-2035» birinchi xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi, unda hujjatni tuzish bo‘yicha asosiy yondashuvlar muhokama qilindi. «Dala tadqiqotlari» davomida vazirliklar va idoralarda uchrashuvlar o‘tkazildi, asosiy ma'lumotlar yig‘ildi, buning asosida iqtisodiyotning hozirgi holati tahlil qilindi. Ekspertlarning taklif va mulohazalarini inobatga olgan holda, O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasining 2035 yilgacha mo‘ljallangan konsepsiyasining dastlabki nusxasi tayyorlandi. 2018 yil dekabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti idorasi vakillari uchun Taraqqiyot strategiyasi loyihasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

2019 yil 5-6 fevral kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tgan «O‘zbekiston 2035» ikkinchi xalqaro forumi O‘zbekiston Respublikasining 2035 yilgacha rivojlanish strategiyasi konsepsiyasi ustida ishlashning navbatdagi bosqichi bo‘ldi. Konsepsiyaning keng qamrovli muhokamalarida deputatlar, davlat organlari, ilmiy va ta'lim muassasalari, xalqaro tashkilotlar vakillari tomonidan qimmatli mulohazalar va tavsiyalar berildi. Qabul qilingan fikrlar Strategiya konsepsiyasi loyihasining materiallari sharhlar asosida takomillashtirildi va to‘ldirildi.

Jamoatchilik eshitishlarida O‘zbekistonning barcha fuqarolari, jinsi, millati va faoliyat turidan qat'iy nazar, ishtirok etishi mumkin. Sharhlar va fikrlar jamoatchilik eshitishlari boshlangan kundan 30 kun davom etadi.

Jamoatchilik eshitishlari davomida qabul qilingan fikr va mulohazalar asosida Strategiya konsepsiyasi loyihasi qayta ko‘rib chiqilib mamlakat rahbariyatiga taqdim etish uchun tayyorlanadi.

«BUYUK KELAJAK» XNNT O‘zbekiston fuqarolarini Strategiya konsepsiyasi loyihasining materiallarini muhokama qilishda uzbekistan2035.uz/uz saytida sharhlar qoldirish orqali faol ishtirok etishga chorlaydi. Yurtimiz kelajagiga befarq bo‘lmang!

Sayt: uzexpersovet.com/o-buyuk-kelazhak

Telegram: t.me/officialBuyukKelajak

Facebook: fb.me/INGOBuyukKelajak

Youtube: youtube.com/c/BUYUKKELAJAK

Instagram: instagram.com/buyuk__kelajak

Batafsil ma'lumot olish uchun «BUYUK KELAJAK» axborot markaziga murojaat qiling: pr@buyukkelajak.uz

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: