Tramp grin-kartni bekor qilishni taklif qildi

Jahon 23:17 / 17.05.2019 28774

AQSh prezidenti Donald Tramp grin-kart lotereyasi o‘ynalishini bekor qilishni ko‘zda tutuvchi yangi immigratsiya islohotlarini taqdim qildi. AQSh hukumati har yili grin-karta lotereyasini o‘tkazadi. Lotereyada ishtirok etish bepul, g‘oliblar esa tasodifiy yo‘l bilan tanlanadilar va AQShda yashash huquqini oladilar.

Tramp jamoasi rivojlangan davlatlardagi migratsiya tizimlarini o‘rganib, AQShga ko‘chib o‘tgan migrantlarning 12 foizginasini ishlash taklifini olganlar va yuqori malakalarga ega bo‘lganlar tashkil qilishi aniqlangan. Kanadada esa bunday migrantlar ulushi 63 foizni, Yangi Zelandiyada 57 foizni, Avstraliyada 68 foiz va Yaponiyada 52 foizni tashkil qiladi.  

Trampning immigratsiya islohotlari AQShga yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilish maqsadini o‘z oldiga qo‘ygan. Bunday kishilarni aniqlash uchun Kanada va boshqa davlatlarda qo‘llanuvchi ballarga asoslangan tanlov tizimini kiritish taklif qilinmoqda. Talabgir malakalarga ega, ishlash haqida taklif yoki amerikaliklar uchun ish o‘rinlarini taqdim qiladigan o‘z biznesini yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan yosh mutaxassislarga afzallik beriladi.

“Agar rejamiz qabul bo‘lsa, u Amerikaning faxriga va butun zamonaviy dunyo havas qiladigan omilga aylanadi”, deb aytgan Tramp o‘z murojaatida.

Avvalroq Tramp bir necha marta AQSh migratsiyaga yondashuvini o‘zgartirishi kerakligini aytgan. U 2017 yilda Manxettendagi teraktni grin-karta yutib olgan migrant amalga oshirgani aniqlangach, grin-kartalar berilishini umuman to‘xtatishni taklif qilgan. O‘shanda kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan Sayfulla Soipov avtomobilda odamlarni bosib ketgan.

Ko‘proq yangiliklar: