Toshkent shahar hokimligi yil oxirigacha qariyb 400ta ko‘p qavatli uy qurishni va'da qildi

O‘zbekiston 12:20 / 17.05.2019 11018

2019 yil oxiriga qadar Toshkent shahrida 18 mingdan ziyod kvartiraga ega bo‘lgan 398ta ko‘p qavatli uy quriladi. Bu haqda poytaxt hokimligining Facebook’dagi sahifasida xabar berildi.

Qayd etilishicha, o‘tgan yilga nisbatan uy-joy qurilishida o‘sish 54 foizni tashkil etadi.

Turar joy inshootlari umumiy hajmida jami 191ta uy (8 mingdan ziyod kvartira) arzon uy-joy qurish dasturi doirasida quriladi.

Kam ta'minlangan oilalar uchun Sergeli tumani Choshtepa mavzesida quriladigan 45ta uy (2,5 mingta kvartira), shuningdek, Chilonzor tumanidagi Oqtepa mavzesida qurilishi rejalashtirilgan 23ta uy (900ta kvartira) mo‘ljallangan.

Xususiy tadbirkorlar tomonidan joriy yilda 91ta uy (4,5 mingta kvartira) quriladi. Bundan tashqari, 2 mingdan ziyod kvartirali 48ta uy qurilishi rejalashtirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: