TIV O‘zbekistonda tug‘ilgan Rossiya fuqarolariga Xitoyga kirish taqiqlanganligi haqidagi xabarni rad etdi

O‘zbekiston 21:47 / 17.05.2019 4280

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekistonda tug‘ilgan Rossiya fuqarolariga Xitoyning Fuyuan shahriga kirish taqiqlanganligi to‘g‘risidagi xabarni rad etdi.

“Mamlakatimizning Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasi ma'lumotiga ko‘ra ba'zi MDH mamlakatlarida, jumladan O‘zbekistonda tug‘ilgan Rossiya Federatsiyasi fuqarolariga Xitoyning Rossiya bilan chegaradosh Fuyuan shahriga kirish uchun taqiq qo‘yilgani to‘g‘risidagi ayrim OAVlarning xabarlari rasman tasdiqlanmagan”, deyiladi O‘zbekiston TIV xabarida.

Shuningdek, Konsullik-huquqiy departamenti Rossiyaning Uzoqsharqiy federal okrugi (Amur viloyati, Kamchatka o‘lkasi, Magadan viloyati, Primore o‘lkasi, Saxa Respublikasi (Yoqutiston), Saxalin viloyati, Yahudiy avtonom viloyati, Xabarovsk o‘lkasi, Chukotka avtonom okrugi) hududida joylashgan O‘zbekiston fuqarolari zarur vaziyatlarda mamlakatimizning Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasiga murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tgan.

Ko‘proq yangiliklar: