O‘zbekiston mobil internet tezligi bo‘yicha reytingda yana pastladi

Fan-texnika 16:13 / 17.05.2019 10733

Irlandiyaning Ookla kompaniyasiga tegishli Speedtest.net internet-servisi 2019 yil aprel oyi yakunlari bo‘yicha jahonda mobil va simli internet tezligi haqidagi ma'lumotlarni o‘z ichiga olgan Speedtest Global Index oylik reytingini e'lon qildi.

O‘zbekistonning pozitsiyalari quyidagicha ko‘rinish oldi:

mamlakat mobil internet tezligi bo‘yicha o‘z pozitsiyasini yanada pasaytirdi va 9,8 Mbit/s. tezlik bilan 129-o‘rinni egalladi;

simli internet tezligi bo‘yicha 13,5 Mbit/s. tezlik bilan 178 davlat orasida 124-o‘rindan joy oldi. 

Norvegiya (65,41 Mbit/s.) mobil internet tezligi, Singapur (197,50 Mbit/s.) simli internet tezligi bo‘yicha birinchi o‘rinni egallagan.

Speedtest servisdan o‘z ulanishi tezligini tekshirishda foydalanuvchi shaxslardan olingan ma'lumotlar asosida tezlikni hisoblab chiqaradi hamda reytingni shakllantiradi.

Ko‘proq yangiliklar: