2019 yil yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston benzin ishlab chiqarishni 2018 yilning shu davriga nisbatan 18,5 foizga - 308,7 ming tonnagacha qisqartirdi. Bundan Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlari darak beryapti.
2019 yil yanvar-aprel oylarida dizel yoqilg‘isi ishlab chiqarish hajmi 341,8 ming tonnani tashkil qildi, bu 2018 yilning shu davriga nisbatan 11,9 foizga kamdir.
Shu bilan birga, O‘zbekiston 2019 yil yanvar-aprel oylarida neft qazib olishni 2018 yilning shu davri bilan taqqoslaganda 7,4 foizga kamaytirdi - 231,2 ming tonnagacha.
2019 yil yanvar-aprel oylarida tabiiy gaz qazib olish taxminan 20,81 milliard kub metrni tashkil etdi, bu 2018 yilning shu davriga nisbatan 4,4 foizga ko‘proq.
2019 yil yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston 713 ming tonna gaz kondensatini qazib oldi, bu 2018 yilga nisbatan 1,4 foizga kam.