Navoiyda 5000 kvadrat metrlik IT-klaster paydo bo‘ladi

O‘zbekiston 12:49 / 17.05.2019 11905

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Navoiy viloyatini innovatsion, yuqori texnologiyalarga asoslangan, eksportga yo‘naltirilgan va import o‘rnini bosadigan ishlab chiqarishlar uchun erkin iqtisodiy zona sifatida belgilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Hujjat bilan “Navoiy” EIZning ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya va transport infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi. Loyihalarning umumiy qiymati - 67,7 mlrd so‘m.

Xususan, ichki muhandislik kommunikatsiyalari (ichimlik suvi, kanalizatsiya, tabiiy gaz, elektr energiyasi) yangilanadi, Karmana tumani hududida 17,5 km ichki yo‘llar quriladi (qiymati 35 mlrd so‘mgacha).

Taxminan 5 mlrd so‘m moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga sarflanadi, ular orasida hududlarni ko‘kalamzorlashtirish hamda obodonlashtirish (170 mln so‘m), direksiya binosini ta'mirlash (680 mln so‘m) va 5000 kv.m.lik IT-klaster uchun sanoat binolarini kapital ta'mirlash (1,5 mlrd so‘m) bor. Bularning barchasi 2019 yil oxirigacha amalga oshirilishi kerak.

Ko‘proq yangiliklar: