Avstriyalik siyosatchi ro‘molni taqiqlovchi qonunni qoraladi 

Jahon 23:50 / 17.05.2019 17202

Avstriyadagi nodavlat tashkilotlar, jurnalist va huquq himoyachilari, shuningdek ayrim siyosatchilar mamlakat umumta'lim maktablarida ro‘mol taqiqiga qarshi chiqmoqda. Bu haqda Avstriya parlamenti a'zosi Marta Bissman o‘z nutqida ma'lumot keltirib o‘tgan.

«Qonun jamiyat a'zolari orasida Islomofobiani ko‘paytirishdan tashqari, musulmonlarni xavfli insonlar etib yolg‘on tassavurni uyg‘otmoqda», deydi u.

 Mamlakat bosh vaziri, o‘ngchi Sebastyan Kurs taklif etgan qonun loyihasida aynan maktab va jamoat joylarda ro‘mol o‘rashni taqiqlovchi modda nazarda tutilgandi. Bissman ayni qoidaning amalga kiritilishi Avstriya Konstitutsiyasi va 1955 yili imzolangan qonunlar majmuasiga mos kelmasligini aytmoqda.

«Ro‘molni taqiqlash kabi qoidani ilgari surish jamiyatdagi kamchilikning asossiz vahimasi bo‘lib, endilikda u siyosiy argumentga aylangan», deydi Bissman.

 Huquq himoyachisi va yozuvchi Vilhaym Lagtheylerning aytishicha, hukumatdagi o‘ngchilar ro‘mol orqali fundamental inson huquqlariga bolta solishmoqda. U qonunning konstitutsion bahodan o‘tishini talab qilgan. 

Ma'lumot uchun, Avstriyada 700 mingdan ortiq musulmon aholi istiqomat qiladi. Ularning aksariyati mamlakatda tug‘ilgan, migrant turklarning farzandlari hisoblanadi.

Ko‘proq yangiliklar: