Xalqaro energetika konferensiyasi Toshkentda jahon energetika hamjamiyati ekspertlarini to‘pladi

O‘zbekiston 11:05 / 16.05.2019 2719

Bugun, 16 may kuni “O‘zekspomarkaz”da Xalqaro energetika forumiga start berildi, deya xabar beradi Kun.uz muxbiri.
 
Atom energiyasi, energiyaning qayta tiklanuvchi va muqobil manbalari, energetika xavfsizligi, mazkur masalalar mohiyatini yaxshilash va uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida butun jahonga taniqli bo‘lgan olimlar va dunyo energetikasining yetakchi ekspertlari birinchi marta Toshkentda yig‘ilishdi. Ushbu maqsad va vazifalar mamlakatda sohadagi bugungi kunda yuz berayotgan tub islohotlar va modernizatsiya jarayonlari sharoitida konferensiyaga alohiyada ahamiyat va dolzarblik kasb etadi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev qarori bilan O‘zbekistonda atom energetikasi yaratilishi va rivojlantirilishi mamlakat energetika tarmog‘ida yangi tarixni boshlab berdi va iqtisodiyotning barqaror rivoji va aholi farovonligini oshirish uchun turtki bo‘ldi. Konferensiya doirasida shu mavzular muhokama qilinmoqda.
 
Konferensiyada ko‘plab  mamlakatlardan 200 nafar delegat ishtirok etmoqda.  Avstriya, Belarus, Buyuk Britaniya, Vengriya, Italiya, Qozog‘iston, Rossiya, AQSh, Turkiya, O‘zbekiston, Yaponiya shular jumlasidandir.
 
Toshkentda o‘tayotgan forumda butun jahon energetika hamjamiyati tomonidan tan olingan ekspertlar orasida “Rosatom” davlat korporatsiyasining bosh direktori Aleksey Lixachyov, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi prezidenti Behzod Yo‘ldoshev, Belarus Respublikasi Energetika vazirining o‘rinbosari Mixail Mixadyuk, Atom energiyasi bo‘yicha Xalqaro agentlikning yadro energetikasi departamenti rejalashtirish va iqtisodiyot bo‘limi boshlig‘i Inze Eskobar, Butunjahon yadro uyushmasi huzuridagi Butunjahon yadro universiteti direktori Patrisiya Viylend va boshqalar. 


 
Konferensiya o‘z ishini “Atom energetikasi- mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga turtki” mavzusidagi yalpi masjlis bilan boshladi. Muhokama qilinadigan masalar orasida atom energetikasining barqaror rivojlanishni ta'minlashdagi roli, O‘zbekistonda atom energetikasini rivojlantirishning maqbul sur'atlari uchun qanday sharoitlarni yaratish zarurligi, atom energetikasini rivojlantirishning afzalliklari haqida jamoatchilik tushunchasini shakllantirish kabilarni qayd etish mumkin.
Yalpi majlisda, shuningdek, davlat- xususiy sherikchiligini rivojlantirish yo‘llari masalasi ham muhokama qilinadi. 
  
Kunning ikkinchi yarmida forum ishi “Rossiyaning atom texnologiyalari xavfsizligi va atom energetikasini rivojlanishida jamoatchilik fikrining roli” mavzularida ikkita sessiya shaklida davom ettiriladi. Energiyani tejashdagi taraqqiyotga nazar, Energiyaning qayta tiklanuvchi manbalari” mavzusida sessiya bo‘lib o‘tadi. 

Ta'kidlash joizki, forum Energetika vazirligi va Atom energetikasini rivojlantirish bo‘yicha “O‘zatom” agentligining rasmiy ko‘magida Iteca Exhibitions Xalqaro ko‘rgazmalar kompaniyasi tomonidan tashkil etildi. 

Ko‘proq yangiliklar: