So‘rov: aksariyat yevropaliklar Yevroittifoq yaqin 20 yil ichida parchalanib ketadi degan fikrda

Jahon 17:00 / 16.05.2019 5636

Yevropaliklarning yarmidan ko‘prog‘i tarkibida 28 mamlakat bo‘lgan Yevroittifoq yaqin 20 yil ichida parchalanib ketadi degan fikrda. Bu YouGov xalqaro sotsiologik xizmati o‘tkazgan so‘rovda ma'lum bo‘ldi, deb yozadi The Guardian gazetasi.

Xalqaro munosabatlar bo‘yicha Yevropa kengashi analitik markazi buyurtmasiga binoan o‘tkazilgan so‘rovda Fransiya, Germaniya, Belgiya, Italiya, Niderlandiya, Avstriya, Slovakiya, Ruminiya, Gretsiya, Chexiya va Polshada yashovchilarning 50%dan ortig‘i YeIning parchalanishi yaqin 10-20 yil ichida "haqiqatga aylanishi" mumkinligini aytgan.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, Fransiyada respondentlarning 58%i, Slovakiyada 66%i ana shunday fikrda. Faqat uch mamlakat - Shvetsiya, Daniya va Ispaniyada bu fikrda bo‘lganlar ozchilikni – mos ravishda 44, 41 va 40%ni tashkil qiladi.

So‘rovda qatnashganlarning uchdan bir qismi esa kelajakda YeI a'zolari o‘rtasida qurolli nizolar bo‘lishi mumkinligini istisno etmagan.

Ko‘proq yangiliklar: