Qashqadaryoda tarvuz eksporti boshlandi

O‘zbekiston 11:45 / 16.05.2019 36878

Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanidagi "Gissar Effect" MChJda bu yil dehqonchilik yumushlariga erta kirishilgan edi, deb xabar bermoqda Davlat bojxona qo‘mitasi.

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Bildirilishicha, dekabr oyida bir gektar yer maydoniga maxsus tayyorlangan issiqxonada urug‘lar qadalib, may oyida birinchi hosilda 4 tonnadan ziyod tarvuz yig‘ishtirib olindi. 

Qayd etilishicha, tarvuzlar  mashinalarga yuklanib, Qozog‘iston  mamlakatiga eksport qilindi. Kelgusida 20 tonnagacha hosil olish mo‘ljallanmoqda.

- Viloyatimiz eksport salohiyatini oshirish maqsadida bojxona postimiz tomonidan har kuni 24 soat davomida bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirib kelmoqdamiz, – deydi “Kitob” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti boshlig‘i Botir Javliyev. – Bu tadbirkorlarga yanada qulaylik yaratish bilan birga, viloyat eksport hajmini oshirishga xizmat qiladi.

Ko‘proq yangiliklar: