Nepallik sherp dunyoning eng baland cho‘qqisiga ko‘tarilish bo‘yicha rekord o‘rnatdi

Jahon 00:54 / 16.05.2019 13134

Nepallik Kami Rita sayyoramizning eng baland cho‘qqisi – Everest tog‘iga ko‘tarilish soni bo‘yicha rekord o‘rnatdi. 49 yoshli erkak cho‘qqiga 23-marta ko‘tarildi.

Rita Tibetning tog‘li hududlarida yashagan odamlar avlodi – sherplar vakili hisoblanadi. Sherplar alpinistlarga cho‘qqiga ko‘tarilishlarida narsalarini ko‘tarishda va zarur narsalar bilan ta'minlashda yordam beradilar.

“Bu mening kasbim, biroq men buni Nepal uchun qildim. Alpinistlar cho‘qqini zabt etishganda, tanilib ketadilar. Biroq sherplar qiladigan og‘ir ish haqida hech kim eslamaydi”, deb aytgan rekordchi.

Kami uning xalqi dunyoning eng baland cho‘qqisiga ko‘tarilishda qo‘llanuvchi zinalar, arqonlar va boshqa qurilmalarni tiklash bilan shug‘ullanishlariga e'tibor qaratgan.    

Rekordchi birinchi marta Everestga 1994 yilda ko‘tarilgan va o‘shandan beri deyarli har yili cho‘qqiga uyushtiriladigan ekspeditsiyalarda ishtirok etadi.

Ko‘proq yangiliklar: