Abdulaziz Komilov Tojikistonga boradi

O‘zbekiston 07:52 / 16.05.2019 4786

O‘zbekiston delegatsiyasi Dushanbe shahrida bo‘ladigan tadbirlarda ishtirok etadi, deb xabar qilmoqda Tashqi ishlar vazirligi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya 2019 yilning 17-18 may kunlari Dushanbe shahriga tashrif buyuradi.

Delegatsiya u yerda «Terrorizm va uni moliyalashtirish asoslari, xususan narkotiklarning noqonuniy aylanishi va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashda xalqaro va mintaqaviy hamkorlik» mavzusidagi yuqori darajali konferensiyada va «Markaziy Osiyo – Yaponiya» muloqoti tashqi ishlar vazirlarining 7-majlisida ishtirok etadi.

Dushanbe shahrida mazkur tadbirlarda ishtirok etayotgan delegatsiyalar rahbarlari bilan qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazish ham rejalashtirilgan, deyiladi xabarda.

Ko‘proq yangiliklar: