Samolyotda to‘lg‘oq tuta boshlagan ayol sababli favqulodda qo‘nishga to‘g‘ri keldi

Jahon 00:41 / 15.05.2019 13118

Saudiya Arabistonidan Filippinga uchayotgan samolyotda homilador ayolni to‘lg‘oq tuta boshlagani sababli uchuvchi Hindistonda favqulodda qo‘nishiga to‘g‘ri keldi. Bu haqda Independent nashri xabar berdi. 

Voqea Ar-Riyod–Manila reysida yuz bergan. Ayolda to‘lg‘oq boshlanishi bilan samolyot ekipaji darhol qo‘nishga ruxsat so‘ragan. Aeroportda samolyotni bir guruh shifokorlar kutib olgan, ular samolyot qo‘nishi bilan darhol bortga ko‘tarilishib, ayoldan tug‘ruqni qabul qilib olishgan.

Shifokorlarga xavfsizlik nuqtai nazaridan bortga o‘tkir tig‘li kesuvchi buyumlarni olib chiqishga ruxsat berilmagani sababli bolaning yo‘ldoshini keyinroq klinikada kesishga to‘g‘ri kelgan.

Ko‘proq yangiliklar: