O‘zbekiston va Yangi Zelandiya o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

O‘zbekiston 20:20 / 15.05.2019 4645

2019 yilning 15 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov Yangi Zelandiya Favqulodda va Muxtor Elchisi (qarorgohi Moskva shahrida) Ien Aleksandr Xill bilan uchrashdi.

Suhbat chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi O‘zbekiston-Yangi Zelandiya hamkorligining istiqbollari muhokama qilindi.

O‘zbekiston va Yangi Zelandiya qishloq xo‘jaligi, muqobil elektroenergetika, turizm tarmoqlaridagi hamda ta'lim va fan sohalaridagi aloqalarni yanada rivojlantirish uchun sezilarli salohiyatga ega ekanligi e'tirof etildi. Shu munosabat bilan tomonlar o‘zaro hamkorlikni kengaytirishning yangi yo‘llarini birgalikda izlashga tayyorligini tasdiqladi.

Elchi Investitsiyalar va tashqi savdo, Qishloq xo‘jaligi vazirliklarida hamda Uzumchilik va sharobchilikni rivojlantirish agentligida uning uchrashuvlarini tashkil etishda ko‘maklashilgani uchun minnatdorchilik izhor etdi. U muzokaralarda aniq yo‘nalishlardagi istiqbolli qo‘shma loyihalarni ko‘rib chiqishni rejalashtirmoqda.

Uchrashuvda xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Ko‘proq yangiliklar: