Mashg‘ulotlardan oldin iste'mol qilinmaydigan 15 ta mahsulot

Light 14:48 / 15.05.2019 16691

Mashg‘ulotlarning samaradorligi ko‘plab omillarga bog‘liq: ishtiyoq, mashqlarni to‘g‘ri bajarish, mashg‘ulotlar vaqti va ovqatlanish. Barchaga ma'lumki, mashg‘ulotlar boshlanishidan 1,5-2 soat oldin yaxshilab ovqatlanish kerak. Biroq jismoniy mashqlarga qadar barcha mahsulotlarni ham iste'mol qilib bo‘lmasligini hamma ham bilavermaydi.

Biz olimlarning tadqiqotlarini o‘rgandik va sport zalidagi mashg‘ulotlardan bevosita oldin ratsionga kiritish kerak bo‘lmagan mahsulotlarni ro‘yxatini tuzdik.

1. Qovurilgan taom

Foto: © Shreveport-Bossier Convention and Tourist Bureau / Flickr   © PROurbanbohemian / Flickr

Yog‘li taom iste'molidan keyin og‘irlik tufayli biroz cho‘zilib yotish istagi ko‘pchilikka tanish. Bu taom tarkibidagi yog‘ning yuqori miqdori sababi yuz beradi. Shu sababli mashg‘ulotlar vaqtida hazm bo‘lishning sekinlashuvi bilan yuzma-yuz kelmaslik uchun bunday taomni tanlamagan ma'qul. Bug‘da pishirilgan, qaynatilgan mahsulotlarni tanlagan afzal.

2. Achchiq taom

Foto: © Alpha / Flickr   © Salim Virji / Flickr

Achchiq taom haqiqatan ham metabolizmni tezlashtiradi, bu esa vazn yo‘qotilishiga olib kelishi mumkin. Biroq mashg‘ulotlardan oldin achchiq yegulik yeyish kerak emas. Kuchli terlashdan tashqari, jig‘ildon qaynashi va hazm qilishning ishdan chiqishi kuzatiladi.

3. Tuxum

Foto: © Mrs eNil / Flickr   © anokarina / Flickr

Tuxum – toza oqsil va xolin hamda selen kabi oziqlantiruvchi moddalar manbai. Biroq bir vaqtning o‘zida uning tarkibida mashg‘ulotlardan oldin zarur bo‘lgan uglevodlar umuman yo‘q. Shuning uchun mashg‘ulotlardan oldin uglevodlar porsiyasisiz tuxum yemagan ma'qul.

4. Dukkaklilar

Foto: © Depositphotos   © Depositphotos

Dukkaklilar – nafaqat oqsil, balki oziqlantiruvchi tolalar manbai. Oqsil borasida hech qanday savol tug‘ilmaydi, biroq tola salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Gap shundaki, oziq tolalarning yuqori miqdori hazm qilish jarayonida tabiiy holat - qorin dam bo‘lishi, shu bilan birga gazlarga sabab bo‘ladi.

Biroq shuni ta'kidlash joizki, bu kabi omillar organizmga ham bog‘liq. O‘tkazilgan tadqiqot natijalari hammada va bu kabi mahsulotning barcha turida ham bu holat kuzatilmasligini namoyish etgan. Shunday ekan, organizmning holatiga quloq solgan ma'qul.

5. Xumus

Foto: © Olya Sanakoev / Flickr

Xumus no‘xat va yog‘ solib tayyorlanadi. No‘xat – dukkakli mahsulot, yog‘ esa hazm qilish buzilishini chaqiruvchi yog‘ manbai.

Shuning uchun ham dukkaklilar va yog‘ mashg‘ulotlardan oldin likopingizda paydo bo‘ladigan mahsulot emas.

6. Xochgulli sabzavotlar

Foto: © cheesekid / Flickr   © Eleanor and Ruby / Flickr

Bu kabi sabzavotlarga brokkoli, gulkaram va karam kiradi. Mazkur sabzavotlar bilan bog‘liq vaziyat ham dukkaklilarga o‘xshaydi: qorin dam bo‘lishi va quvvat yo‘qotilishiga olib keladigan tolalarning yuqori miqdori.

Bu sabzavotlar tarkibidagi qimmatli vitaminlardan voz kechmang, biroq ularni mashg‘ulotlardan keyin iste'mol qilgan ma'qul. Albatta, dukkaklilarda bo‘lgani kabi bu ham har bir kishining individual xususiyatlariga bog‘liq.

7. Avokado

Foto: © Marco Verch / Flickr

Avokado – foydali mahsulotlardan biri. Biroq uni mashg‘ulotlardan oldin iste'mol qilmagan ma'qul. Yuqori quvvatlilik organizmning kuchsizlanishiga sabab bo‘ladi, shuning uchun barcha kuchingiz mevani hazm qilishga sarflanadi.

8. Guruchli nonlar

Foto: © prav_food_ / Instagram   © minitaiga23 / Instagram

Ko‘pchilik guruchli nonlarni odatiy nonlar o‘rniga iste'mol qilishni afzal biladi. Biroq ular organizmga deyarli hech qanday to‘yimli modda bermaydi. Ular bilan hazm qilish jarayonini qiyinlashtiradigan tolalar kelib tushadi. Bu kabi ta'sir tufayli mashg‘ulotlardan avval sport mashg‘ulotlari uchun kerakli quvvat beradigan non bo‘lagini tanovul qilgan ma'qul.

9. Olma

Foto: © Derek Matthew / Flickr

Olma – mashg‘ulotlar uchun zarur bo‘lgan uglevodlar manbai. Biroq ularni ko‘p miqdorda yeyishga shoshilmang. Foydali uglevodlardan tashqari, bu mevada kislotalar ham bor. Pektin va kletchatka noxush qorin dam bo‘lishi va hazm qilishning sekinlashishini chaqiradi.

Xochgulli sabzavotlar kabi olmani ham mashg‘ulotlardan keyin iste'mol qilgan ma'qul.

10. Bodom

Foto: © buck82 / Flickr

Bodom – foydali yog‘lar manbai. Uni ham olma bilan birga mashg‘ulotlardan keyin tanovul qilish kerak. Yong‘oqning qattiq tolali tuzilishi hazm jarayonini sekinlashtirib, qorinda og‘riq chaqirishi mumkin.

11. Muzqaymoq

Foto: © Sean MacEntee / Flickr

Muzqaymoq tarkibidagi yog‘ning yuqori miqdori sabab uni mashg‘ulotlardan avval yemagan ma'qul. Ta'm beruvchilar, qaymoq va shakar aralashmasi qorindagi og‘riqdan boshqa holatga sabab bo‘lmaydi.

12. Gazli ichimliklar

Foto: © quite peculiar / Flickr   © Steven Depolo / Flickr

Gazli ichimliklar ko‘p miqdorda ichilganida qorin dam bo‘ladi. Bu o‘z-o‘zidan yoqimli holat emas. Mashg‘ulotlar vaqtida esa yoqimsiz holatni his etishni istamaysiz. Biror ichimlik ichishni istasangiz, suvni tanlang.

13. Oqsilli kokteyllar

Foto: © Sunny / Flickr

Oqsilli kokteyllarning asosiy vazifasi – o‘tkazilgan mashg‘ulotlardan keyin qayta tiklanishga yordam berish. O‘z-o‘zidan, bu kabi oqsil miqdorini zo‘riqishdan avval iste'mol qilish hech qanday ma'noga ega bo‘lmaydi. Mashg‘ulotlardan avval oqsil miqdori u qadar katta bo‘lmagan uglevodlar zarur, biroq toza oqsil emas.

14. Alkogol

Foto: © Al_HikesAZ / Flickr

Mashg‘ulotlardan avval spirtli ichimlikdan voz kechish mantiqan to‘g‘ri. Biroq shunday bo‘lsada, yodga solamiz, bir bokaldan keyin nafaqat diqqat-eʼtiborni yo‘qotasiz, balki tana muvozanatining buzilishi va suvsizlanishga uchraysiz. Bundan tashqari, alkogol to‘plangan yog‘ni quvvatga aylantirish uchun mas'ul bo‘lgan lipoliz jarayonini buzadi.

15. Qahva

Foto: © Jason Wong / Flickr   © Peter Hellberg / Flickr

Bu holatda gap latte, makiato, kapuchino kabi ko‘pikli ichimliklar haqida ketmoqda. Ushbu ichimliklarda nafaqat qahvaning o‘zi organizmni suvsizlantiradi, balki  sutli mahsulotlar va shakar ham oshqozon ishiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi.

Mashg‘ulotlardan avval nima iste'mol qilish mumkin?

Agar uglevod, oqsil va yog‘lardan iborat to‘laqonli taom iste'mol qilishni istasangiz, bu mashg‘ulotlardan 2 soat oldin bo‘lishi lozim. Vaqt u qadar ko‘p bo‘lmasa, biror yengil yegulikni tanlang va mashg‘ulotlardan 45-60 daqiqa oldin bemalol iste'mol qilavering.

Foyda va quvvat maksimum darajada bo‘lishi uchun likopga quyidagilarni soling:

uglevodlar (yormalar, makaronlar yoki butun boshoqli dondan tayyorlangan donachalar, biroz meva va sabzavotlar) - mashqlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan quvvat bilan ta'minlaydi.

oqsillar (sutli mahsulotlar, go‘sht, baliq) - mushaklar o‘sishi va keyingi tiklanish jarayonini ta'minlaydi.

moylar (o‘simlik yog‘lari) - past intensivlikka ega uzoq mashg‘ulot bilan shug‘ullanishni istasangiz, ularni qo‘shish lozim.

Siz mashg‘ulotlardan avval nima iste'mol qilasiz?

Ko‘proq yangiliklar: