Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koreyalik investorlar O‘zbekistonda farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantiradi

O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi o‘rtasida tibbiyot va farmatsevtika sohasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov va Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Sardor Kariyev ayni paytda Janubiy Koreyada tashrif bilan bo‘lib turibdi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berishicha, tashrifning dastlabki kunida O‘zbekiston delegatsiyasi Koreya Respublikasi Sanoat, savdo va energetika vaziri Song Yu Mo bilan uchrashdi. Muloqotda vaziri Song Yu Mo koreyalik investorlar O‘zbekistonda farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirishga tayyor ekanini ta'kidlab o‘tdi.
«Darhaqiqat, mamlakatimizda farmatsevtika sohasiga investitsiya jalb etishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Jumladan, 2018 yilda respublika hududlarida farmatsevtika tarmog‘ida umumiy qiymati 96,26 million AQSh dollari miqdorida investitsiya yo‘naltirilgan holda 34ta loyiha ishga tushirilib, 1501ta yangi ish o‘rni yaratilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining 2019 yilga mo‘ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga asosan esa joriy yil davomida farmatsevtika tarmog‘ida umumiy qiymati 216,5 million AQSh dollari qiymatidagi 20ta loyiha amalga oshirilishi va natijada 2218ta yangi ish o‘rni tashkil etilishi rejalashtirilgani diqqatga sazovor», deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 159ta farmatsevtika korxonalari faoliyat yuritmoqda. Ularning 90tasi dori vositalari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, 58tasi tibbiyot buyumlari, 11tasi esa tashxis uskunalari ishlab chiqaruvchi korxonalardir. Mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan 35 farmakoterapiya guruhidan 26 guruhga kiritilgan preparatlar ishlab chiqarilmoqda.
Tavsiya etamiz
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00
Lyov yoki Kapadze. Milliy jamoa boshqaruvida o‘zgarish qilish kerakmi?
Sport | 11:30
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Germaniya kansleri: «Biz tinchligimizga jiddiy tahdidni ko‘rmoqdamiz - va bu Rossiya»
Jahon | 19:17
-
Astronomer kompaniyasi rahbari Coldplay konsertidagi hodisadan keyin ishdan ketdi
Jahon | 17:25
-
Ukrain dronlari hujumi sabab Moskva osmoni to‘liq yopildi
Jahon | 16:34
-
Toshkentda 64-sonli avtobus yonib ketdi
O‘zbekiston | 15:32
Mavzuga oid

07:43 / 15.07.2025
Farmatsevtika agentligining asosiy vazifalari qayta ko‘rib chiqiladi

18:22 / 10.07.2025
Google sun’iy intellekti «barcha kasalliklar muammosini hal qiladi»

15:50 / 08.06.2025
O‘zbekistonda dorilar Qozog‘istonga qaraganda qimmat – farmatsevtika bozoriga qanday omillar ta’sir qilyapti?

13:21 / 04.06.2025