Gvardiola APLda mavsumning eng yaxshi murabbiyi deb topildi

Sport 08:39 / 15.05.2019 5511

Angliya Premer-ligasi «Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiolani mavsumning eng yaxshi murabbiyi deb e'lon qildi. 

48 yoshli kataloniyalik mutaxassis ushbu e'tirof uchun raqobatda Yurgen Klopp («Liverpul»), Maurisio Pochettino («Tottenhem Hotspur») va Nunu Espiritu Santu («Vulverhempton»)ni ortda qoldirda. Ovoz berishda muxlislar va futbol ekspertlari ishtirok etishdi.

Eslatib o‘tamiz, Gvardiola boshqaruvidagi «Siti» bu mavsumi qatorasiga ikkinchi marta Angliya chempioni bo‘ldi. Jamoa eng yaqin ta'qibchisi «Liverpul»ni bir ochkoga ortda qoldirdi.

Pep Gvardiola 2016 yil yozidan buyon «shaharliklar»ni boshqarib kelmoqda. U ortda qolgan davr mobaynida klubni jami 173ta o‘yinga boshlab tushib, ulardan 126tasida (72,8%) g‘alaba qozongan, 24ta durang va 23ta mag‘lubiyat qayd etgan.

Ko‘proq yangiliklar: