Erkak 116 ta mixni qanday yutib yuborganini eslay olmadi

Jahon 20:35 / 15.05.2019 16070

Hindistonda bir erkak 116 ta katta mixni yutib yuborib, bu haqda eslay olmadi, deb xabar berdi Daily Mail nashri.

43 yoshli Bxolu Shankara ismli erkak oshqozonidagi o‘tkir og‘riqlar sababli shifoxonaga tushgan. Rentgendan keyin uning oshqozonida ko‘p miqdorda mix borligi aniqlangan.

Jarrohlar operatsiya o‘tkazib, erkakning oshqozonidan 5 santimetrlik 116 ta mixni chiqarib olishgan. Shuningdek, sim bo‘laklari ham aniqlangan.

Erkak mixlar qanday qilib oshqozoniga tushganini tushuntirib bera olmagan. Erkakning akasi u ruhiy kasallikdan aziyat chekishini tan olgan.

Foto: News lions
Foto: News lions
Ko‘proq yangiliklar: