Barakali aksiya: Uy xarid qiling, shinam oshxona mebeliga ega bo‘ling!

Jamiyat 14:00 / 15.05.2019 22173

Shoshiling! Kirib kelgan Ramazon oyi munosabati bilan “Tinchlik” qurilish kompaniyasi uy xarid qilish istagida bo‘lgan oilalar uchun super aksiya boshlanganini ma'lum qiladi. Endilikda siz “Do‘rmon” turar-joy majmuasidan xonadon sotib olsangiz, yangi va shinamgina oshxona mebeli sovg‘a tariqasida hadya etiladi.

Aksiya 2019 yil 15 maydan 15 iyungacha davom etadi. 

“Do‘rmon” turar-joy majmuasi bir qancha afzalliklarga ega:

  • Ekologik toza hudud;
  • Restoran, avtobuslar so‘nggi bekati va do‘konlarga yaqin joylashuv;
  • Bolalar uchun sport maydonchalari va o‘yingohlar;
  • Mashinalar uchun maxsus avtoturargoh va h.k.

Majmua 4 qavat va 232 xonadondan iborat. Har bir obekt xonadon egasining barcha ehtiyojlarini qondirishi uchun puxta loyiha asosida qurilgan. Turar-joy xaridorlar xohishiga qarab ta'mirlangan holda yoki ta'mirsiz holatda taqdim etiladi.  

Boshlang‘ich to‘lov miqdori 30 foiz bo‘lib, qolgan qiymat foizsiz 24 oyga kelishilgan tartibda bo‘lib, to‘lanadi.

Ma'lumot o‘rnida: “Tinchlik” kompaniyasi 2010 yildan boshlab shu kunga qadar Navoiy shahrida 25dan ortiq ko‘p qavatli turar-joy majmualarini qurib, fayzli xonadonlarni o‘z egalariga topshirdi.

Kompaniyaning asosiy maqsadi - har bir oilaning farovon turmushi uchun ishonchli va muhtasham turar-joylar barpo etishdir.

Ofisimiz manzili: Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Feruza ko‘chasi, 4/9.

Mo‘ljal: Ginekologiya instituti, “Feruza” kinoteatri.

Telefon: (+99871) 260-00-95, (+99898) 126-75-00, (+99898) 126-75-10.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: